SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Nima uchun yil fasllari o’zgaradi?
04-08-2014

Bir yilda Yer sayyorasi Quyosh atrofida deyarli milliard kilometr masofani o’tadi. Yer o’qi orbitaga nisbatan biroz qiyaroq joylashgan. Shu tufayli Quyosh yil mobaynida  Shimoliy va Janubiy yarimsharlarni turli kuch bilan isitadi. Bizning kengliklarimizda to’rt fasl (bahor, yoz, kuz, qish) ning mavjudligiga asosiy sabab ana shu.Qish. Qish –yilning eng sovuq fasli. U qishki quyosh turishi kuni, ya’ni 22-dekabrdan boshlanadi. Ana shu kun – yilning eng qisqa kuni. Shu kundan boshlab kunlar borgan sari uzayib boradi. Qishda ko’p daraxtlar o’sishdan to’xtaydi, ba’zi hayvonlar (masalan, ayiq) uyquga kiradi.Bahor. Astronomiya kalendari bo’yicha bahor 20 martdan boshlanadi. Ana shu kuni kechasi bilan kunduzi tenglashadi va kecha-kunduz tengligi deb ataladi. So’ngra kunlar asta-sekin  uzaya boradi, havo issiqlashadi. O’simliklar uyg’ona boshlaydi va gullaydi.Yoz. Yoz  21-iyundan boshlanadi. Shimoliy yarimsharda bu kun yilning eng uzun  kuni hisoblanadi, u 16 soatcha davom etadi. Bu kun yozgi Quyosh turishi deb ataladi. Shu kuni o’zining eng  baland holatini egallaydi. Har yili  21-iyundan boshlab kunlar yana qisqara boradi. Bizning kengliklarimizda yoz hamma fasllardan issiqroq bo’ladi.Kuz. Har yili kuz 23-sentabrdan boshlanadi. Shu kuni yana kecha-kunduz tengligi yuz beradi, keyin har kuni tong kechroq otadi, kechqurun vaqtliroq qorong’ilashadi. Shimoliy yarimsharda Quyosh nurlari borgan sari qiyaroq tushadi, Yer sirtini deyarli “siypab” o’tadi. Harorat pasayadi, daraxt barglari sarg’ayib, to’kila boshlaydi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Agar fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, saytga a’zo bo‘ling yoki a’zo sifatida kiring
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan