
Iqlim- muayyan bir joy uchun odatdagi ob-havo rejimi. Har bir yarim sharda besh asosiy ob-havo zonasi bor: tropik, subtropik, iliq mo’tadil, sovuq mo’tadil va qutb zonalari.Nam tropik o’rmon bilan qoplangan tropiklarning yozi ham, qishi ham bab-baravar issiq.Subtropik zonaning yozi issiq va quruq, qishi uzun yomg’ir mavsumi bilan o’tadi. Yer yuzidagi eng katta cho’llar va qurg’oqchil dashtlar ham shu zonada joylashgan.Markaziy Evropaning ko’p qismi iliq mo’tadil zonada joylashgan. Bu yerda yilning barcha to’rt fasli aniq-ravshan o’tadi. Iqlimi odam uchun juda qulay.Shimolga yaqinlashgan sari sovuq mo’tadil zona cho’zilgan. U yerning yozi qisqa va sovuq, qishi uzun va qorli.Qutb zonasida tuproq doim muz ostida, temperatura esa doim noldan past.