SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Soliyeva Dilafro’z
05-08-2014

Xorazm   viloyati  Gurlan  tumanidagi

3-umumiy  o’rta  ta’lim  maktabi

4 b  sinf  o’quvchisi

Soliyeva  Dilafro’z

        

  Kitobim.

Kitobim, sen  oftobim,

Sen  o’zingsan  o’rtog’im.

Seni  toza,  ozoda,

Saqlash  mening  odatim.

Topolmasman  dunyoda

Sendan  qalin  do’st,  o’rtoq.

Hech  qaysi  do’st  senchalik,

Qilmas  ekan  yaxshilik.

 Men  senla  bilim  oldim,

 O’qidim   va  angladim.

 Barchasin  topdim  sendan

Rahmat, senga  kitobim.

Chin   do’st.

Chin  o’rtog’ing  kim  desa

 Albatta  deyman  kitob.

 Chunki   sotqin  emas  u

 Sotqinlikni  bilmas  u

O’qituvchi  bersa  savol

 Kitob  ila  berdim  javob

Yordamchidir  menga  kitob

Chunki  u  chin  do’stimdir.

    Bahor   kelsa.

Bahor  kelsa  elimga, 

Qushlar  sayrab  turadi.

Hamma   shod,  bolajonlar

 Oynab  mazza  qiladi..

Bahor  kelsa  elimga,

Ko’m-ko’k  bo’lar qir-dala

Kamalakdek  tovlanar

Atlas  kiygan  qiz  bola.

           Qish

Qish  qanchalar   soz  fasl,

Soz  fasl  u  qor  fasl.

Tezroq  chiqing  bolalar,

O’ynab,  quvnab   qolinglar.

Qorlar  juda  ko’p  yog’sin,

Ko’p  yog’sin-u,   mo’l  yog’sin

Oh,  qanchalar  soz bu  dam,

Olam  oqqa  burkansin.

 Bolalar,  hey  bolalar,

Tezroq chiqing  bolalar.

Hamma  qor  eriganda

Afsus qilib  qolmanglar.

«Mustaqillik madhi bolalar ijodida» Respublika ijodiy ishlar tanloviga yuborilgan ijodiy ishlar.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan