SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2017
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2527282930 
Sentyabr oyi
12-11-2014

Sentyabr (lot. September, septem – yetti ma’nosini anglatadi) – yangi yil hisobi – Grigoriy kalendariga yilning 9 – oyi. Sentyabr 30 kunga teng. Qadimgi Rimda amal qilgan taqvimga ko’ra mart yilning 1-oyi hisoblangan. Sentyabr esa yilning 7-oyi bo’lgan. Shu oyda tug’ilgan buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o’zining mashhur “Al-osor ul-boqiya an ul qurun-ul-holiya” (qisqacha “Xronologiya”) asarida milodiy yil hisobiga asoslangan mazkur taqvimni “rumiy taqvimi”, “rumiy yil hisobi” deb ataydi, bu taqvimga birinchi marta kabisa yilini kiritgan Yuliy Sezar bo’ladi, deb yozadi. Beruniy milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning bir qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi, solishtiradi. Olim milodiy oylarning lotincha nomlarini yunoncha talaffuz bilan keltiradi. 1. Yanvariyus.  2. Febririyus.  3. Martiyus. 4 Afiliyus.  5. Moyus. 6.Yuniyus. 7.Yuliyus. 8. Afgustus. 9. Sentembriyus. 10.Tembriyus. 11.Novombriyus. 12.Dombriyus.
Yuliy Sezar tomonidan joriy etilgan taqvim Yevropaning ko’p mamlakatlarida birin-ketin qabul qilindi. U XVI asr oxirlarigacha qo’llandi. Yuliy taqvimida ham mavjud bo’lgan ayrim xatoliklar asrlar osha ortib boradi. Natijada 1580 yilga kelib yuliy taqvimidagi 21 mart bilan bahorgi tengkunlik orasidagi farq 10 kunni tashkil qiladi. Taqvimdagi bunday katta farq nasroniy bayramlarining kunini belgilashda chalkashliklar tug’dirar edi. Shu boisdan yuliy taqvimini isloh etishga ehtiyoj sezildi. O’sha vaqtda Rim papasi bo’lgan Grigoriy XIII riyoziyot va falakiyot olimlari ishtirokida taqvim islohoti hay’ati tuziladi. Hay’at yuliy taqvimining kamchiliklarini o’rganib chiqib yangi taqvim loyihasini taqdim etadi va amalda joriy qilinadi. Bu islohotga muvofiq 1582 yil 4 oktyabr – payshanbadan keying kun 1585 yil 15 oktyabr- juma deb e’lon qilinadi. Yuliy taqvimidagi kabisa yili qoidasi asosan saqlanadi.
Shundan keyin bu taqvim yuliy taqvimi deb emas, grigoriy taqvimi deb atala boshlandi. Hozirgi vaqtda g’arb ilmiy adabiyotlarida, yil hisoblari bo’yicha tuzilgan mutanosiblik (sinxron) jadvallarida mazkur atama ishlatiladi. Ammo ayrim hollarda olimlar yuliy-grigoriy taqvimi deb ham qo’llaydilar. Grigoriy taqvimi 1582 yil 15 oktyabrdan e’tiboran Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Polshada rasmiy davlat taqvimi sifatida qabul qilindi. Yevropadagi boshqa davlatlar XVI-XVIII asrlarda Grigoriy taqvimiga o’tishdi. Grigoriy taqvimi Rossiyada (shu jumladan Turkiston o’lkasida ham) 1918 yilda joriy etildi. Xalq Komissarlar kengashining qarori bilan 1918 yil 31 yanvar yuliy taqvimining oxirgi kuni – 1918 yil 14 fevral grigoriy taqvimining birinchi kuni deb qabul qilindi. Grigoriy taqvimi qabul qilingandan buyon yig’ilib qolgan 3 kun ham bir yo’la qo’shilib 13 kun oldinga suriladi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan