SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232426272829
Abdusalomova Xatira
02-03-2015

Namangan viloyati Norin tumanidagi 40-maktabning

6-sinf o’quvchisi

Abdusalomova Xatira.

 

O’zbek elim.

 

Yuragimda yorug, porloq bordir bir tilak

Aytmaslikka bugun shu on ko’nmadi yurak

Meni edi to’xtatolmas hech qaysi bilak

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

 

Amir Temur shijoati yoshlarga meros

Ajdodlarim binolari hurlikka qiyos

Bu so’zlarim “erk kitobdan” bir varog’ xalos

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

 

Osmonida varrak uchar erkin,Shodon

Tuprog’idan jannat isi kelar har on

Vatan mehri asrar meni doim omon

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

 

Dardlaringga darmon bo’lgay yurtim havosi

Tog’larida jarang sochgay madhin na’vosi

Yuraklarda jo’sh uradi shodlik na’vosi

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

 

Xalqimizda har narsaga border imkon

Mo’jizadir har bir go’sha jannat makon

Hatto Parij havas qilar ko’z tashlagan on

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

 

Erta tongdan hayot qaynar qishlog’ida

Gullar o’sgay hatto yurtim ovlog’ida

Baraka bor hirmondagi boshog’ida

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

 

To’kinligu-sochinlik bor dasturhonida

Qut-baraka, fayzi bor har honadonida

G’ubor yo’qdir ahil elim sof iymonida

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

 

Manguberdi ishonchini oqlagan el bu

Vatan uchun xizmatga bel bog’lagan el bu

Sen jannatni izlama, o’sha yurtir shu

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

O’g’lonlarin alpomishday kuchlari border

Ayollari har sohada mardonavordir

Ezgulikka eltar yo’lda baxt-omad yordir

O’zbekday el boshqa yerda bo’lmasa kerak.

 "Mustaqillik madhi bolalar ijodida" Respublika ijodiy ishlar tanloviga yurorilgan ijodiy ishlar


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan