SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Nomonov Rejabboy
07-04-2015

Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani 24-umumiy o'rta talimi maktabi 8-sinf o'quvchisi Nomonov Rejabboy

Vatan sog'inchi
Tunov kuni ko'rgandim bir tush
Uzoqlarga ketibman qolib
Samo o'zga, o'zga tuproq ham,
Ajablanib qolgandim qotib.


Boqayapman odamlari qo'rs
Tushunishmas o'ksik dilimni
So'zlar aytdim tutishmadi do'st,
Chetga surdi bilmay holimni.


Yuragimda yig'ilgandi dard
Ko'zlarimda balqir edi yosh.
Go'yo qalbim samolaridan,
So'ngan edi porlagan quyosh.


O'xshamaydi havolari ham
G'unchalari o'sar tikanda.
Begonadan begona olam,
Tikanchalik bo'lmas ekanda.


Zilol suvin sog'inib shu dam
Sog'inyapman iforlarini
Dilim muzlar, lek yonar tanam,
Sog'inyapman bahorlarini.


Astagina anglagan edim,
Xalqim senday mehmondo'st xalq yo'q
Sirdosh deya ochsang dilingni
Yuragingga sanchishadi o'q.


Kichikkina o'sha kulbam ham
Tuyilyapti qasrlarga teng
Sensiz o'tgan har bir soniyam
O'tgan edi asrlarga teng.

 

Suluvgina gul bo'ylaringni

Ko'rolmayin ado bo'laman
O'zga yurtda podsho bo'lguncha
O'z yurtimda gado bo'laman.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan