SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2022
YaDuSeChPaJuSh
     12
356789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Qayumov Asadbek
08-04-2015

Surxondaryo viloyati Shеrobod tuman  6-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Qayumov Asadbek.

 DEHQON.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim-qadim zamonda bir dehqon bor ekan. U juda ham kambag’al ekan. Uni qishloqdoshlari kamsitar ekan. Uning bir tanobcha yeri bo’lib u ham o’ziniki emas ekan. U bir kuni ekinlarini sotishga bozorga olib borib o’tirsa, uning oldiga bir odam kelib uning sabzavotlariga xaridor bo’lib qolibdi. U dehqonga qarab gap boshlabdi. Sabzavotlarini ko’rib uni almashtirishni so’rabdi. U nimaga deb so’rabdi. U cho’ntagini kovlab bir haltachani chiqarib mana shuni deb aytibdi. Dehqon qo’lini solib qarasa oddiy donakday –donakday qora urug’ ekan. Bu oddiy urug’mi deb so’rabdi? Bu oddiy urug’ emas bu sehirli urug’ deb javob qaytaribdi. Uni olib dehqon yo’lga tushibdi. U uyiga kelib kulbasiga kiribdi va kampirini chaqira boshlabdi. Kampiri chiqib cholini oldiga kelib necha pulga sabzavotlarni sotdingiz deb suyunib so’rabdi? Dehqon esa cho’ntagini kovlab bozordan o’zi bilan olib kelgan xaltachani chiqaribdi. Dehqonning xotini erini sabzavotlarga almashtirib kelgan urug’larini ko’rib shuncha sabzavotlarni shugina uruqga almashtirdingizmi deb cholga yuzlanibdi. Chol kampiriga qarab bu urug’lar oddiy urug’ emas uni bittasi ham o’zimizga yetadi deb javob qaytaribdi. Uni yerga ekib qo’yibdi. Oradan bir necha oy o’tar-o’tmas ko’karib chiqibdi. Kunlar o’tib ekinlari pisha boshlabdi. Sabzavotlari shunaqangi ko’p va shirin emishki, uni bozorga olib chiqib ko’p pulga sotibdi. Uyiga kelibdida yerini shaxsiy qilib olibdi. Katta va chiroyli qilib uy ham quribdi. Chol va kampir o’ziga farzand asrab olibdi va o’z murod maqsadiga yetibdi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan