SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
Yo’ldoshova Muhayyo
08-04-2015

Surxondaryo viloyati Shеrobod tumani 44-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining 7-sinf o’quvchisi Yo’ldoshova Muhayyo.

 YORDAM   BER   LOLA

Men bir g’aribmi yo nokas,

Har kimlar meni qilmaslar pisand.

Menda ham borku u bitta jon, 

Menga sen yordam ber lolojon.

 

Uzoq o’lkalardan yordam so’rab keldim men,

Seni buncha chiroyingni bilmabmanku men.

Senda ham menda ham borku u bir jon, 

Sen menga yordam ber lolajon.

 

Qir va adirlarda o’sarding hayron,

Esi paslar ko’p seni qilardi payhon.

Yaxshilarga-chi kulib turarding juvon,

Hoy do’stim yordam ber lolajon.

 

Senda ham menda ham bordir onamiz,

Ko’nglimiz bag’rimiz tilka poramiz.

Ollohning qo’lida omon tursin jonimiz,

Sen menga do’st bo’lgin lolajon.

 

Seni onang yerku xafa bo’lmagin unga,

Har kimlar gapirsa unga-yu bunga. 

Nega aynan ko’ngil buzuqlik senga,

O’zingdan jirkanib yurmagin lola.

 

Xayr desam ko’nglim g’amga to’ladi,

Xayrlashsak bu dunyo oxir bo’ladi.

Ikkimizning ko’nglimiz yolg’iz qoladi,

Majburmiz biz shunga lolajon. 


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan