1906,
1918, 1930, 1942, 1954, 1966, 1978, 1990, 2002, 2014 yillarda
tavallud topganlar. Sharq xalqlarida otlarga alohida e'tibor
qaratilgan bo'lib, hatto ular ilohiylashtirilgan, g'ayritabiiy kuchga ega, deb
hisoblangan. Otlarga xos bo'lgan «gijinglab» turish, olovdek yorqin qo'rinishi,
ish qobiliyatiga ega bo'lish, chidamlilik kabi xususiyatlar insonning qo'lidan
kelmaydigan jihatlardir. Shuning uchun ham mazkur muchal yilida tug'ilgan
kishilarda yuqorida bayon qilingan xususiyatlar mujassamlashgandek tuyuladi. Sharq muchal taqvimi bo'yicha Ot -
haqiqatparvarlik, adolatparvarlik ramzidir. Mazkur muchal yilida tug'ilganlar
yoqimtoy, ko'pchilikni o'z ortidan ergashtira oladigan, jamoatchilikning
diqqat-e'tiborida bo'lishga intiladigan, qat’iy, ko'p hollarda esa o'jar va
qaysar, nohaq bo'lsalar ham o'z aytganidan, bilganidan qolmaydigan bo'ladilar.
Jahllari chiqqanda otday kishnab, baland ovozda so'zlaydilar va hatto
baqiradilar ham. O'zini ko'zlovchi bo'ladilar. Ular aqlli, qobiliyatli, har
narsaga uquvlari yetadigan
kishilardir. Shuningdek, hayotning harqanday masalalari bo'yicha ko'pchilik
bilan bahslasha oladigan, tortishadigan kishilardir. Doimo o'zlarini haqman,
deb hisoblaydilar. Yana shunisi e'tiborliki, mazkur muchal yilida tug'ilgan
tengdoshlar, sinfdoshlar, kursdoshlar uzoq yillar davomida o'zaro do'stlik
rishtalarini bog'lab, tez-tez uchrashib turadilar, gap-gashtaklar,
to'y-marosimlarni birgalikda, hamjihatlikda o'tkazib boradilar. Xuddi otlar
gala-gala suruv bo'lib yurganlaridek. Ba'zan ikkilanadilar ham. Boshqalar
ularga e'tibor berishlarini yoqtiradilar. Odamlar orasida bo'lishni sevadilar.
Mazkur muchal yilida tug'ilganlar jismoniy xarakat bilan bog'liq
mashg'ulotlarni, sport bilan shug'ulanishni sevadilar. Ularning qiziqish
doiralari shu qadar kengki, o'ylab topgan loyihalarini amalga oshirish uchun
ularda doimo vaqt va kuch, mablag' etishmaydi. Ular doimo odamlarni lol
qoldirishga, o'ylab topgan ishlari bilan ko'pchilikni hayron qoldirishga
harakat qiladilar va ko'p hollarda shunga erishadilar ham. Kamdan-kam hollarda
moliyaviy masalalarda muammolarga duch keladilar. Moddiy jihatdan
ta'minlanganliklariga qaramay, o'zlarining moliyaviy holatidan qoniqmaydilar.
Sayohatlarni hush ko'radilar va hech kimning oyog'i yetmagan joylarga sayohat qilishni orzu
qiladilar. Har qanday raqibni «tuyoqlari» ostida majaqlab tashlashga tayyor
bo'ladilar. Boshqalarning his-tuyg'ulari, manfaatlari ularni ham qiziqtiradi.
Hayoti davomidagi eng muhim maqsadi o'z «ustidagi», zimmasidagi yukini manzilga
eson-omon olib borsa bas.
Ot
muchalidagi erkaklar: Ot muchalidagi erkaklar o'z juftlariga nisbatan
e'tiborli, g'amho'r va mehribon bo'lishlari bilan birga, o'zlarining
mustaqilligi va erkinliklarini saqlab qolishga intilib xudbinlikka moyildirlar.
Tabiatan mustaqil bo'lib, boshqalarning maslahatlariga quloq solmaydilar,
garchi nohaq bo'lsalarda, o'z bilganlaricha va o'ylaganlaricha ish ko'radilar. Ularning
ijobiy jihatlari: mehnatsevar, haqiqatgo'y va latofatlidirlar. Ot muchalidagi
erkaklar oila qurganlarida oila timsolidagi kichik bir dunyoning to'la hukmdori
bo'lishni va bu dunyo uning hukmi ostida aylanishini istaydilar.
Ot
muchalidagi ayol(qiz)lar: Ot muchalidagi ayol(qiz)lar xushbichim, istarasi
issiq va jozibador bo'ladilar. Ular aqlli, o'qimishli, kirishimli, yaxshi
suhbatdosh bo'lib, san'at asarlarini yaxshi tushunadilar. Mazkur muchal sohibalari o'zlarining tashqi ko'rinishlariga, qomatlariga hamda
kiyinishga e'tiborli bo'lib, sayru sayohatlarni sevadilar. Ko'plab ijobiy
xarakterga ega bo'lsalar ham tabiatan xudbindirlar va ko'p hollarda o'zlarini
tuta olmaydilar. Ba'zi hollarda ularga dam olish zaruriyati tug'iladi. Buni
yoddan chiqarmasliklari lozim. Ot muchalidagi ayol(qiz)lar o'zlari bilan teng
yoki yuqori tabaqadagi oiladan umr yo'ldosh qidiradilar. Sevgi bobida juda ham
jo'shqindirlar. O'z sevgilisiga etishishi uchun har qanday ishdan yoki erishgan
mavqeyidan voz
kechib, bor kuch-g'ayratlarini ishga soladilar. Ulardagi bunday xususiyat ko'p
hollarda baxtsiz hodisalarga ham olib kelishi mumkin. Bunday xususiyatini yetarlicha qadrlay olmagan kishi Ot
muchalidagi ayol(qiz)larga ozor yetkazishlari
mumkin. Buning oqibatida ular boshqalarga ishonmay qo'yadilar. Ot muchalidagi ayol(qiz)lar
faqat og'ir-bosiqlik bilan o'z baxtini topishlari mumkin.