SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Ilk fotografiyani kim tayyorlagan?
15-07-2014

Odomzotning o’z tevaragida ko’rganlarini aks ettirishga urinishlariga ham bir necha yuzyillar bo’ldi. O’n birinchi asrdan boshlab to o’n yettinchi asrga qadar kamera-obskura degan moslama mavjud bo’lgan. U fotografiya kamerasining o’tmishdoshi edi. Kamera-obskura yordamida tasvir qog’ozga proeksiyalanar, bu tasvir bo’ylab esa uning qog’ozda mukammal qayta hosil bo’lishi uchun qalam bilan hoshiyalab chiqish mumkin edi.1802 yilda ikki ixtirochi Uejvud va Hamfri oldinga muhim qadam tashladilar. Kontakt bosma yordamida ular shishaga tushirilgan suvratlar silueti-yakrang aksini azotli kumush qoplangan qog’ozga ko’chirishga muyassar bo’lishadi. 1835 yilda esa Uilyam Talbot muntazam tasvirni hosil qilishga erishdi. Talbot birinchi bo’lib negativdan pozitiv tasvir tayyorladi, birinchi bo’lib fotobosmani ishlab chiqdi, birinchi bo’lib 1844 yilda fotografiyalar bilan bezatilgan kitobni chop ettirdi.O’sha zamonlardan beri bu sohadagi ixtirolar va takomillashtirishlar bir-birining izini sovutmasdan paydo bo’laverdi. Dong’i ketgan “Kodak” fotokamerasi bozorda 1888 yili paydo bo’lgan. Zamonaviy fotografiya aynan shu voqeadan boshlanadi.Fotografiyaga oid jarayonlarning aksariyati yorug’lik ta’sirida kumush nitritlarining qorayishiga asoslangan.Bu xossa esa XVII asrda oddiy metallarni oltinga aylantirish tariqalarini izlagan alkimyogarlar tomonidan kashf etilgandi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Agar fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, saytga a’zo bo‘ling yoki a’zo sifatida kiring
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan