1908, 1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016 yillarda tavallud topganlar
Mazkur muchal yilining timsollari ko'p qirralidir. Maymun- qorong'ulik, ongsiz faollikni namoyon etib, bunyodkor yoki aksincha, buzg'unchi kuch bo'lishi mumkin. Mantiq, aql va ongsizlik chegarasida turgan kuchni qaysi yo'nalishga qaratilishi bilan bog'liq bo'lgan muchal yilidir. Qadimdan Xitoyda maymunlarga yaxshi sog'liq, har tomonlama muvaffaqiyat va himoya vositasi sifatida qaralgan. Maymunlar xayoliy belgi ostida tug'ilganlar sarasiga kirgan. Ular juda ham qiziquvchan va sodir bo'layotgan voqea-hodisalardan ogoh bo'ladilar. Maymunlar o'ziga xos aqlga ega bo'lib, mustaqil bo'lishga intiladi. Ular ajoyib xotiraga ega va kimlardir tomonidan qilingan yaxshilik yoki yomonlikni bir umr yodida saqlaydilar, hattoki, aytilgan bir og'iz so'zni ham. Shuning uchun mazkur muchal yilida tug'ilganlar bilan xoh u yosh bola yoki o'quvchi bo'lsa ham juda ehtiyotkorlik bilan muomala qilish talab etilasi. Tartib-qoidalar ular uchun ahamiyatsizdir, hech qanday tartib-qoidalarga amal qilmay, o'z bilganlaricha hayot kechiradilar. Maymun muchal yilida tavallud topganlar-tabiatan xushbichim, chiroyli va ajoyib xususiyatlarga ega bo'ladilar. O'zigaxos qiliqlari bilan yaqinlarida, atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldiradilar. Boshqalarga kerakli maslahatlar bersalar-da, o'z bilganlaricha ish tutadilar. Umrining birinchi yarmida yengil-yelpi hayot tarzi bilan kun kechiradilar. Ikkinchi yarmida esa asosan hayot tashvishlari, mehnat va oila yumushlari, farzandlarini uylab-joylash kabi turmush tashvishlari bilan band bo'ladilar. Hayotning turli muammolariga duch kelganda, zudlik bilan qaror qabul qilishga qodirdirlar. Hayoti davomida o'zining xatti-harakati, mashaqqatli mehnati bilan kun kechiradilar. Sevgi bobida ko'pincha baxti kelishmaydi. O'z yo'liga sola olmagan, aytganini bajarmagan umr yo'ldoshidan ko'p bor ranjiydi va uzil-kesil qaror qabul qilishga qodir emas. O'zgalarning kamchiliklarini, xatolarini darhol sezadilar va ularga toqat qila olmaydilar. Chunki barcha ishlarni o'zlari to'kis bajarishlariga ishonasilar. Ulardan o'zini baland tutadi. Hazil-mutoyibaga ham moyildirlar.
Maymun muchalidagi erkaklar: mazkur muchaldagi erkaklar, atrofdagilar oldida
yaxshi taassurot qoldirishni istaydilar va bunga erishadilar ham. Yaxshi xotiraga,
ilmga ega bo'lib, hazil-mutoyibaga ham moyildirlar. Shuning uchun o'zgalar
ishonchiga tez kiradilar. Oilada baxtli hayot kechirishlari uchun esa ularga
ko'proq erkin faoliyat yuritishlariga imkon berish maqsadga muvofiq. Mazkur
muchal sohiblari xali hech kim qilmagan ishlarni amalga oshirishga va shu bilan
hammani lol qoldirishga intiladilar va bu ularning qo'llaridan keladi. Maymun
muchalidagi erkaklar mehnatsevar bo'lib, mansab-martabalarga u qadar
intilmaydilar. O'zlari qiziqqan va egallagan sohasi, kasbi va ixtisosliklari
bo'yicha yuksak muvaffaqiyatlarga erishadilar. Hayoti davomida ba'zan moliyaviy
qiyinchiliklarga uchrasa-da, jamiyatda yaxshi mavqega ega bo'la oladi.
Maymun
muchalidagi ayol(qiz)lar: Ular aqlli, farosatli va ziyrakdirlar. Ularning
fikr va mulohazalari, o'rinli takliflari yaqinlari tomonidan yaxshi qadrlanadi.
Aniq va ishonchli xatti-harakatlari tufayli o'z maqsadlariga erisha oladilar. Mazkur
muchaldagi ayol(qiz)larning qiziqish doiralari keng bo'lib, o'z g’oyalarini
hayotga joriy etishga shoshiladilar. Maymun muchalidagi ayol(qiz)lar bir
narsaga juda tez qiziqib, bel bog'lab, undan tez soviydilar. Eski narsalardan
voz kechib, yangi marralarni dadillik bilan egallashga harakat qiladilar. Ularning
eng ishongan makoni oilasidir. Shuning uchun ham ular erta turmushga chiqib,
mansab-martabalarga intilmaydilar. Farzandlari ko'p bo'lishini istab, ularga yaxshi
tarbiya beradilar. Mazkur muchaldagi ayollar quvnoq va hammaning havasi kelarli
darajada baxtli oila barpo qila oladilar.