SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829
Axmatova Nilufar Alisher qizi
08-05-2015

Axmatova Nilufar Alisher qizi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani

 

Q a sh q a d a r yo g a

 

Tog‘lar o‘rab, bag‘ring gulga,

To‘lgandir bu kun.

Ey, mehmonlar bir bor

Keling, Qashqadaryoga.

Cho‘llari keng, dillari keng

Bepoyon dala .

Aziz do‘stlar bir bor keling,

Qashqadaryoga.

Asli kuzda ufuradi,

Bahor havosi.

Tunda yangrar to‘rg‘aylaru

Nayning navosi,

Kelmas bo‘lsa majnuntolning

Tolga havasi

Aziz do‘stlar bir bor keling,

Qashqadaryoga.

Bu vohaning farzandlari,

O‘g‘il qizlari.

Temuru To‘marisning

Mard avlodlari,

 Qayga borsa yonib turar

Olov ko‘zlari

Aziz do‘stlar bir bor keling,

Qashqadaryoga.

Kashtalaru so‘zanalar,

Dunyoga mashhur

San'atini e'zozlagay,

Olam ahli hur,

Insonlari insonlarga

Bag‘ishlar  surur

Aziz do‘stlar bir bor keling, Qashqadaryoga.

 

                       MOMOMNING  O‘YLARI.

Ba'zi bir pas yolg‘iz qolganda

O‘ylar bosib kelar xayolga bir zum,

O‘tgan vaqt, o‘tgan kun yillar hisobi,

Qadrin sezar shu onda qalb bo‘lib yum yum.

Hayot davomida  qilgan ishlarin

Eslab o‘yga tolar qayg‘urar chunon

Goh ezilar, goh qiynalar, goh yurak  pora

Bunga najot nedir, topolmay chora.

Lekin, hayot shu deb taskin berarlar,

Yaxshi inson bo‘la oldim bu keng dunyoda,

Hech kim qiynalmay yashagan emas.

Men ham biroz qiynaldim o‘ylamay chora.

Hayotim sizlarga bir saboq bo‘lsin,

O‘qing,  o‘rganing davr sizniki.

Ezgu niyat  bilan ezgu so‘z bilan

Olg‘a qadam tashlang  yurt farzandlari.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan