Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 31-umumta’lim
maktab 8-sinf o’quvchisi Darobova
Madinabonu Dilshod qizi
Hayotning ma’shalin yoritgan,
U ezgu ishlarni, qildi хayol.
Jismining g’am – qayg’u qaritgan,
Dunyoda yagona, yagona ayol.
“ Bolam ” deb, boshini qaylarga urgan
U kulfat kunlarni, qilmaydi
malol,
Yoriga vafodar hayollar surgan
Olamda yagona, yagona ayol.
Kunni – kun deydimi, tunlarni – kecha,
Uxlamay, allalar aytgan kim?
Farzandining kelishin, zor kutgan,
Oqshomlar bedor – la, o’tkazgan.
Alamning barini, ichiga yutgan,
Yolg’izlik! Lablarin titratgan.
Hayoti izlarga, rasmlar chizgan,
U doim dunyoda, yashaydi halol.
Azobdan, ko’zidan yoshlari sizgan,
Eng go’zal dunyoda, manashu ayol.
Salqin saharlarda, issiq non
yopgan,
Qo’llari jizg’anak, bo’lgan kim?
Farzanddan orzu, umidlar kulgan,
Dillari vayrona, bo’lgan kim?
Yo’llarga intizor, qaragan har
on,
Kutgan insonini, sog’ingan jamol.
Uningdek kutadi, qaysi bir inson.
“ Sabr” saroyiga, Malika ayol.
Yig’lasa, hech kimga bildirmay,
Dardini hamisha, ichiga yutgan.
Yurakda g’am – g’ussa, qoldirmay,
Ne qilsin taqdirda, boshiga
bitgan.
Ketar chog’ida ham farzand deb yongan,
Kelgusi hayotin, qiladi hayol.
Bir ko’ring yuzida, tabassum
qolgan,
Eng go’zal, eng pari, mana shu
ayol!
MEN NECHUN SEVAMAN
O’ZBEKISTONNI
Parilar makoni, xur gulistonni.
Zamoni nurafshon, taraqqiy bugun,
Toleyi porlaydi, har bir insonni.
Allohning nazari, tushgan bu
elga,
Nuroniy ko’zida, qalqiydi quyosh.
Insonlar quvonib, olganda tilga,
Bu kunga yetishga, kerak zo’r bardosh.
Temur bobmizning, o’zi qo’llasin,
Bu kunlar sururi, bo’lsin abadiy.
Allohim hamisha, tinchlik yo’llasin,
Duolar barqaror, bo’lsin ilohiy!