SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Holiqova Gulbahor
08-05-2015

Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli    8-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7a sinf o’quvchisi  Holiqova Gulbahor.

 

O’zbegim qizlari

 

Hovlisidir chamanzor,

Ekadi gul har bahor,

Oyda qiyos chexrasi

Erta turar har nahor,

O’zbegimning qizlari.

 

U maftunkor malakdir,

Hush kalomlar so’zlaydi.

Yumushlari bisyordir,

Yaxshiliklar ko’zlaydi,

O’zbegimning qizlari.

 

Mehnatkashdir, mehmondo’st,

U ezgulik timsoli,

Chehrasidan nur yog’ar,

Farishtardir misoli.

 

Ona vatan

Vatan senda baxtim namoyon

Onamdayin mehring buyukdir

Mehring ila yuksaldim yurtim

Senda o’tgan chog’im suyukdir

 

Yulduzimsan qalbim to’rida

Senga fido bu jon, bu tanim

Taft oladi quyosh o’zingdan

Muqaddasim o’zing vatanim

 

Iforlidir O, gulzorlaring

Bulbullar ham oshufta sayrar

Ta’rifingga ojizdir qalbim

Bu kun madhing dillarda yangrar

 

Bog’lar aro gulshanimdursan

Bag’ringdagi bolangman seni

Gulzorlaring dilga payvasta

Har qadamda shaxtimsan mening

 

 

Yurtim

 

Yurtim qutlug’ muqaddas yoshing

Mustaqillik yoshing muborak.

Jannat misol sarhadlaringga,

Termuladi havasda falak.

 

Yosh avlodga keng imkoniyat

Yaratilgan ko’rkam bag’ringda.

Sensan dunyo ichra bir dunyo,

Buyugimsan ruhim qarida.

 

Hislarimga ma’vo quchog’ing,

Erkalaydi hush ash orimni,

Quyosh nurin sochsin barhayot

Tilagi shu Gulbahoringni.

 

Farg’onam

G’ozal shaxrim Farg’onam,

Bag’ring makon baxtlarga,

Chiroyingdan zavq olib,

Qalbim to’lar ahdlarga.

 

Tabiating beqiyos,

Har nafasing gullaydi

Gulzorlaring iforli,

Dilni dilga ulaydi.

 

Insonlaring dili pok,

O’g’lonlaring mardona,

Farg’onamsan sen go’zal

Yurtim ichra durdona.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan