SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Jumayeva Munira
21-05-2015

Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar  Mirishkor tuman Mirishkor qishlog’i 21-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchisi Jumayeva Munira

 

 Yurt farzandiman.

 Zilol- zilol suvlarni ichdim,

Bog’laringda yayradim, uchdim.

Hur bag’rida baxtlarni quchdim,

Bu yurt menga onamdek aziz.

            Ko’zlarimga surdim tuprog’ing,

            Boshimga tik tutdim bayrog’ing.

            Yuragimda tuydim ardog’im,

            Bu yurt  menga  onamdek aziz.

Bunda erur ajdodlar hoki,

E’tiqodning haloli poki.

Kuylagayman hayotman toki,

Bu yurt  menga  onamdek aziz.

             

      Zulfiya  izdoshlari.

      Biz  Zulfiya  izdoshlari,

     Shaxdam qadam tashlaymiz.

     Mustaqil yurt  sha’niga,

     Munosib she’r bitamiz.

                Imkonimiz juda katta,

                Yurtboshimiz ishonchimiz.

                Nodirai,  Uvaysiyni,

                Unutmaslik  shiorimiz.

Yurtim  go’zal sanati,

Har javhada  ko’rinar  .

Sportda kurash bo’lsa,

Matosida xon atlas.

                Ulg’ayib boriyapman kun o’tgan sari,

                Ko’payib bormoqda ma’suliyatlarim.

                 Bilimlarim ,iqtidorim barin, etib jam,

                 Bor mehnatim ishga qo’shay yurtga bag’ishlay.

           Qashqadaryo.

Yurtim go’zal makonidan,

Qashqadaryo vohamiz.

Juda ko’dir ulug’ zotlar,

Bizni duo qilgani.

            Bobom Temur qilichidan,

            Dunyo hayratda qolgan.

            Mirhaydar-u , Isoq ota,

            Avliyo nomin olgan.

Faxrlansak arziydi biz,

Bunday ulug’ bobolardan.

O’ylaymizki biz ham yurtga ,

Hissamizni qo’shamiz deb.

     

  Islom bobom.

 Mustaqillik baxt qushi,

Yurtimga kirib keldi.

Islom bobom mehnati,

Barchaga quvonch berdi.

           Hamma xursand sho’x- shodon,

           O’lkamda katta bayram.

           O’zbekiston mustaqil deb,

           Butun jahon tan oldi.

Ko’ksimga qo’yib qo’lim,

Raxmat deyman yurtdoshim.

Sizni qo’llab quvvatlasin,

Xalqim qilgan duosi.  


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan