SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Biologiya
15-07-2014

Inson tanasida qanday jarayonlar ro'y beradi? Nega barglarning rangi yashil? O'simlik va hayvonlarning qanday turlari bor? Ularning bir-biridan farq qiladigan qanday xususiyatlari mavjud? Ular qanday o'sadi, ko'payadi va oziqlanadi? Yuqoridagi kabi savollarga javob beruvchi fan biologiya bo'lib, u tirik tabiatni o'rganadi. Bu sohadagi olimlar biologlar deb ataladi. Ammo, biologiyani shifokorlar ham bilishi kerak, chunki bu fan ularga biror kasallik haqida aniq va to'g'ri tashxis qo'yishga yordam beradi. Qo'ziqorin ham tirik organizmdir. U dunyoga keladi, nafas oladi, oziqlanadi, ko'payadi. Qo'ziqorinlarning ba'zi turlarini iste'mol qilsa bo'ladi, ba'zilarini esa yo'q. O'simlik, hayvon va odamlar kasalliklarini keltirib chiqaruvchi zaharli qo'ziqorinlar ham mavjud.Bakteriyalar - juda mayda tirik organizmlardir. Ularni mikroskop orqaligina ko'rish mumkin. Achituvchi, chirituvchi va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar mavjud. Ular ham ijobiy, ham salbiy ta'sirga ega. Bakteriyalar xususiyatlarini o'rganish, insonga ulardan xo'jalik faoliyatida foydalanish va ularga qarshi kurashishda yordam beradi.Barg to'kish o'simlik hayotida muhim ahamiyatga ega. Yozda o'simlik faol nafas oladi va oziqlanadi. Natijada kerak bo'lmagan, ba'zida esa tirik organizmlarga xavfli bo'lgan moddalar ajraladi. Bu moddalar barglarga o'tadi va kuzda barg bilan to'kiladi. Shunday qilib barg to'kishni o'ziga xos tozalanish deya atasak ham bo'laveradi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Agar fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, saytga a’zo bo‘ling yoki a’zo sifatida kiring
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan