SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171820212223
24252627282930
Rahmonova Sahzoda
21-05-2015

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 5-umumiy orta talim maktabining 5-sinf oquvchisi Rahmonova Sahzoda


      Kapalak va bolari

        Oyim ekkan gul shoxida

Qo`ndi go`zal kapalak.

         Rang-barang qanotlarini

         Yoydi go`zal kapalak.

 

         Bol-aridan oldin kelib,

         Gul sharbatin ichib qo`ydi.

         Bol-ari undan arazlab

Gulzorimga kelmay qo`ydi

 

Jannat bog`iga teng O`zbekistonim!

 

Men bir bog`ni bilaman,

Shu zamin uzra.

Men bir bog`ni bilaman,

Ko`k gumbaz ichra

 

Daraxtlari juda ko`p

Nihollari ham

Qomatin tik tutganlar

Sira bo`lmas xam

 

Chor atrofi o`raglan,

Gul-u rayhonga

Ko`shku minorlari

Boshi osmonga.

 

Bulbullar sayr etar

Qushlar chug`urlar

Musaffo osmoniga

Uchmasin zog`lar

 

Hayratdadir kelsa,

Kim, bu chamanda

Bog`ning egasini

So`rar shu onda.

 

Bu bog`ning egasi

Bir mo`’tabar zot

Aql-u farosat ila

Bog` etib bunyod

 

Ko`z munchoqlar taqay

Ostonasiga.

Yomon ko`z tegmagay

Deb chiroyiga.

 

Bu bog` qayerda deb

Hayron bo`lmangiz.

Borib sayr etay deb,

Shoshib qolingiz.

 

Bu mening Vatanim!

O`zbekistonim!

Bog`-u bo`stoniga

Fido bu – jonim!

 

Bog`bonini bilsang.

Bu – Yurtboshimiz.

Nihollari esa –

Biz o`g`il-u qiz.

 

Daraxtlari bilgin,

Olim, donolar,

Aytgan so`zlari-chi

To`la ma’nolar.

 

Men o`z fikrim ila,

Bog` deb atayman.

Yurtim zaminingni

Jannat atayman.

 

Jajji qizalog`ing,

Shaxzodadurman.

Qo`lim ko`ksimda-yu

Ta’zimdadurman!

 


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan