SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
Rasulova Zebiniso Hakim qizi
21-05-2015

Surxandaryo viloyati Termiz shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Rasulova Zebiniso Hakim qizi


 

         TERMIZIM – FAXRIM

 

Yurtda dastlab bahorni kutgay,

Shundan bag‘ri to‘la gullarga.

Iqbollidir - quyoshga yetgay,

Hayajonlar solar dillarga.

 

Beshigingda o‘sdi donolar,

Nomi ketdi yetti iqlimga.

Ular aqli hamon havolar,

Yechim topib jumboq-tilsimga.

 

Noming ulug‘, mudom siylovda,

Yaxshilarning tilida shahrim.

Navqironsan qadimiy o‘lka,

Tayanchimsan, g‘ururim - fahrim.

                           

           BOYSUN

Baland-baland tog‘lari,

Serhosildir bog‘lari.

Yana baraka qo‘shgay,

Adirlari, qirlari.

Alpomishning yurti bu,

Barchinoyning tuprog‘i.

Ko‘zimizga to‘tiyo,

Har giyoh, har yaprog‘i.

 

Sahovatpeshalarga,

Manzil erur ona yurt.

Ajdodlar ruhin saqlar,

Saqlar g‘urur ota yurt.

 

Omon bo‘lsin jon elim,

Ko‘z tegmasin, yashasin.

Ona yurtim bu Boysun,

Doim gullab - yashnasin 


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan