SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
To’raboyeva Hulkar Bohodir qizi
21-05-2015


 

Surxondaryo viloyati Termiz shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining 5 - “A” sinf o’quvchisi To’raboyeva Hulkar Bohodir qizi

                    VATAN

Vatan deganlari, kimning yodida?

Vatan deganlari, kimning yoniga?

Vatan deganlari, kimning qoniga?

Baralla aytingchi, ey o’zbek xalqim.

 

Vatan neligini, bilganlar bormi?

Vatan deb jon fido, qilganlar bormi?

Vatan deb o’z ko’ksin, tilganlar bormi?

Baralla aytingchi, ey o’zbek xalqim.

 

Bobomiz aytgandi, vatanning ulug’ligin,

Uning tuprog’i ham, mo’tabar buyukligin.

Nur to’la bag’ri ham, doimo to’lig’ligin,

Vatan yagonadir, ey o’zbek xalqim.

 

Vatanga hech qachon, sotqinlik qilmang,

O’zga yurtni siz, vatan deb bilmang.

Vatan deb kurashing, bir umr tinmang,

Vatan yagonadir ey, o’zbek xalqim!

 

 XOTIRA ABADIY

Yolg’iz bo’lib, kelarkan inson,

Yo’lg’iz bo’lib, ketarkan bari.

Azoblarga to’lib yosh qalbi,

Armon bilan o’tarkan umri.

 

Goh kunlari shodon bo’ladi,

Goh kunlari azob-u alam.

O’ksib-o’ksib yig’laganda ham,

Biror kimsa berolmas malham.

 

Gohi achchiq haqiqatdan ham,

Shirin yolg’on ustun turarkan.

Ko’zlariga tor bo’lib dunyo,

Ko’z yumishni afzal bilarkan.

 

Yuragida alam va dardin,

O’zi bilan olib ketarkan.

Bor mehru, shodlik quvonchin,

Bu dunyoga to’kib ketarkan.

 

Xotira abadiy, xotira mangu,

O’tkanlarni yod etmoqlikdir.

Qalbda alam, ko’zlarda qayg’u,

Bilan doim eslamoqlikdir.

 

Ne qilamiz o’lim azaliy,

Taqdir erur yo’q etolmaymiz,

Lekin biling aziz insonlar,

Bizlar sizni unutolmaymiz!


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan