Bu tinchlikdan
beradi darak.
Yoshing qutlab
boshimda qalam,
Ko‘z tegmasin deb
yuragim halak.
Mustaqillik
kuylayman madhing,
Aytgin o‘zing
bormikan sathing.
Hamma uzoq
ko‘zlaydi baxting,
Boshingdadur oltinu
taxting.
Bizda doim erku
iqboling,
Ezgu niyat sharafu
shoning.
Tinchlikka sen
boringni tashla,
Mangulikka toabad
boshla.
Qut aylaydi xamma
ulug‘dir bu yosh
Vatan deb atalur
muqaddas maskan
Bu so‘zni eshitib
bo‘laqol seskan
Kindik qonim
to‘kilgan shu tuproqdir
Maysazorlar ichra
o‘sgan o‘tloqdir
Qalbimdasan ko‘zim
qarog‘i vatanim
Seningla sog‘lomdir
bu jonu tanim
Bag‘ringda yosh
avlod gullab yashnay
So‘zidan bol tomib
ko‘zi chaqnaydi
Dunyoga taratib
o‘zbeklar nomin
Hayratdan lol qolur jaHon xalqlarin.