Sirdaryo viloyati Boyavut tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktab Xolmurodova Zuxra Ismoil qizi
Vatanim O’zbekiston!
Vatanimsan go’zal O’zbekistonim,
Fido bo’lsin senga ming bitta jonim.
O’zingsan dunyo tanho, yagonam,
Onamdayin aziz, cheksiz, bepayon.
Yurtimsan mehribon O’zbekistonim,
Sening quchog’ingda har bir bandang jo.
Buyuk va mag’rursan g’urur, oring bor,
Qalbingda abadiy o’chmas noming bor.
Tan – u jonim go’zal Vatanim,
Sohibqiron qadamin tekkan Vatanim,
Farhod – u Shirinlar kezgan Vatanim,
Navoiy zabonin sezgan Vatanim.
Serquyosh hur o’lkasan, ziyoli xalqning,
Ibo – yu hayo to’la suluv qizlarning.
Lochindek baland parvoz mard o’g’lonlarning
Bu oqko’ngil insonlar sening farzanding.
Sevdim seni mangu mehringni hamon,
Dilimda otashdek mangusan har on.
Erkin va obodsan Ozbekistonim,
Volidamga qiyoslayman jannatmakonim.
O’zbekiston
Ohu kabi yelib – yugurib,
Keldim manim jon O’zbekiston.
Lochin kabi uchib, hayqirib,
Sevdim sani jon O’zbekiston.
Sherlar kabi urushib, olishib,
Tilga oldim jon O’zbekiston.
Mardlar kabi g’alaba qozonib,
Qaytdim manim jon O’zbekiston.
Go’zalliging ta’riflashga so’zim yetmaydi.
Aytay desam mehringni tilim kelmaydi.
Buyukliging tanitsam ham ko’nglim to’lmaydi,
Onam kabi ulug’lasam yurak yelmaydi.
Seni qancha maqtasam ham shuncha kam,
Mening jon-u jahonim O’zbekistonim.