Samarqand
viloyati Qo'shrabot
tumani Zarkentqo'rg'oni 26-umumta'lim
maktabi 8-‘’B’’sinf
o'quvchisi Yangiboyeva
Dildora Islom
qizi
Yurtim bag’ishlay doston
Ona yurt O’zbekiston,
Senga bag’ishlay doston.
Sensan mening jannatim,
O’zing qadr-qimmatim.
Bordir go’zal bog’laring,
Tiniq, zilolsuvlaring.
Seni jondan sevadi,
Barcha o’gil-qizlaring.
Bordir mag’rur tog’laring,
Oxiri yo’q soylaring.
Xizmatga shay turadi,
Barcha o’g’il-qizlaring.
Olamni lol qoldirgan,
Samarqand, Buxorong bor.
Dunyolarga tanilgan,
Bobur-u, Navoying bor.
Seni qo’shiq qilguvchi,
Shoir-u hofizing bor.
Bayrog’ing ko’targuvchi,
Jasur o’g’lonlaring bor.
Ona yurt O’zbekiston,
Senga bag’ishlay doston!
Sensan mening jannatim,
O’zing qadr-qimmatim!
Istiqlol buyuk ne’mat!
Bugun mustaqilsan go’zal Vatanim,
Dunyoda bir dona chaman gulshanim.
Bozorlaring obod, xalqing farovon,
Buguning quyosh-u, ertang chorog’on.
Har jabhada jadal oldinga
suzib,
Dengizdagi ulkan kema
misolansan.
Kelajakka buyuk rejalar tuzib,
Dunyo xalqlariga o’zing timsolsan.
Endi sen erishding buyuk ne’matga,
Tinchlik, xotirjamlik bermish istiqlol.
Unut, sedan chiqar kechagi kunni,
Seni kutar yo’lda nurli
istiqbol.
Ey el, farzadlaring sog’lom bilimdon,
Ilm-u fan, sportda ulkan хodimlar.
O’g’illaring polvon, qizlaring
suhandon,
Kelajakkada dilbosar qadamlar.
Sen endi hech kimga qarammas,
ozod,
Hech kimdan kam emas,
bo’lmagaysan ham.
Bugun shaharlaring, ko’chalar obod,
Xalqim hech tinmaysan,
bilmagaysan dam.
Endi sen erishding buyuk ne’matga,
Tinchlik, xotirjamlik bermish istiqlol.
Unut, sedan chiqar kechgi kunni,
Seni kutar yo’lda nurli istiqbol!