SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Yusupova Zarina
25-05-2015

Yusupova Zarina 1998 yilda Denov tumanida tug‘ilgan, 22-umumiy o‘rta ta'lim maktabining  9-sinfida o‘qiydi, she'rlari tuman matbuotida e'lon qilingan.

 

Yurtga xizmat qilamiz

 

Faol bo‘lgaymiz har ishda,

Bo‘shashmaymiz o‘qishda.

Biz ahilmiz, biz quvnoq,

Hayotimiz xushchaqchaq.

 

O‘qib bilim olamiz,

Elga sodiq bo‘lamiz.

Ozmi-ko‘pmi barchamiz,

Yurtga xizmat qilamiz.

 

 

 

O‘zbekiston

 

So‘limdir yuksak tog‘lari,

Go‘zaldir ko‘m-ko‘k bog‘lari,

Quchog‘ida yayrayman har on,

Go‘zal o‘lkam jon O‘zbekiston.

 

Vodiylari yam-yashil,

Gullaridir xilma-xil,

Bu olamda durdona,

O‘zbekiston yagona.

 

Xalqi tanti mehnatkash,

Dehqonlari zahmatkash,

Ona yurtim bo‘lgin omon,

Gulla, yashna, O‘zbekiston!


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan