SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Zohidjonova Sevaraxon
25-05-2015

Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tuman 17- umumta’lim maktabi 7 - sinf o’quvchisi Zohidjonova Sevaraxon

                                                        Mustaqillik Muborak

 Mustaqil yurt O‘zbekiston,

Onamdeksen mehribon.

Bolalaring sho‘h-shodon,

Yashaydi xurram zamon.

 

Qizlarida atlas ko‘ylak,

Yigitlardachi yaktak.

Sabr qildik biz andak,

Mustaqillik muborak!

 

Mehr - la kutar mehmon,

Osh damlar qozon - qozon.

Qayda bor bunday zamon,

Butun el bo‘lar hayron.

 

Yurtboshimiz, bobomiz

Hamisha bo‘lsin omon.

Mustaqillik muborak

Bag‘ri keng O‘zbekiston!

 

             Vatan

 Sen buyuk O‘zbekning jonisan Vatan.

Yurak - yurakdagi qonisan Vatan.

Senga fido bu - aziz, jonu-tan,

Buyuk O‘zbekiston senga sharaf-shon.

 

Go‘zal O‘zbekiston seni sevaman,

Barcha o‘lkalardan a'lo ko‘raman.

Buyuksan, bepoyon jon O‘zbekiston.

Poyingga bosh egib salom beraman.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan