“Tovuq muchali yilida”
tug’ilganlar
1909, 1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005,
2017 yillarda tavallud topganlar
Mazkur muchal yili Xitoy iyerogliflarida ulkan daraxt shaklida belgilangan va u nurafshon tong, bahor hamda Sharq degan ma'nolarni o’zida mujassam etgan. Daraxt esa yashnash va yasharish, yaratish ishtiyoqining kuchayishi, rivojlanish va intilishlarning a'lo samarasi sifatida tavsiflangan. Tovuq muchal yili qatiyatli kishilarga muvaffaqiyatlar keltiradi. Qadimgi manbalarda Tovuq muchal yili yangilanish, o’zgarishlar yili deb ham yuritilgan. Zero, Tovuq muchalida tavallud topgan kishilarning ko’pchiligi ushbu yilda kiyinishdan tortib, odamlar ichida o’zlarini tutish, ovqatlanish va hattoki so’zlashish uslublarida ham yangi qiyofa kasb etishadi.Qadimgi Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, tovuq (xo’roz) - mag’rur, o’ziga ishongan va hamisha xushkayfiyatda yuradigan kishilar timsoli. Tovuq muchal yilida tug’ilganlar maqtanchoq kekkaygan va kalondimog’ bo’lsalarda, matonatli, jasur va to’g’ri so’zdirlar. Mazkur muchalda tug’ilganlarga dovyurakliq jur'atliliq mardlik xos. Ular chuqur fikrlovchi va iste'dodli shaxslardir. Hayotning har bir masalasiga, xodisalariga jiddiy munosabatda bo’ladilar. Mehnatsevar, o’zlari qiziqan soha bo’yicha hormay-tolmay ishlaydigan kishilardir. Har qanday yumushni qilishga kirishadilar va boshlagan ishini oxirigacha olib boradilar. O’zini boshqalar sezishlarini, izzat-ikromni sevadilar. O’ziga xos tashqi ko’rinishga, kiyinishga e'tibor beradilar. Muvaffaqiyatsizlikdan ham cho’chimaydilar va boshqalarga tushgan har qanday qiyinchilikni mardonavor turib, yenga oladilar. Ularning irodalari juda ham kuchli bo’lib, bitmas-tuganmas kuvvatga egadirlar. Nima o’ylasalar, shuni ro’y-rost gapiradilar. Haddan tashqari to’g’ri so’z bo’lganliklari tufayli haqiqatni suymaydiganlar bilan tuqnashuvlarga ham sababchi bo’ladilar. Tovuq muchalidagilar tug’ma yetakchilardir. Biroq qo’l ostidagi kishilar bilan til topishishlari qiyin. Ular voqyealar rivojini aniq hisob-kitoblarga asoslanib baholashsada, vaziyatga qarab ish tuta olmaydilar. Bu ularning o’ta qaysarliklari tufaylidir. O’z dunyoqarashlarini erkin ifodalash uchun jonidan ham kechishga tayyor turadigan kishilarning aksariyati shu muchal vakillari ekanligi ham yuqoridagi fikrimizga asos bo’la oladi. Ushbu muchal yilida tug’ilganlar o’zaro bir-birlariga toqat qila olmaydilar, tengdoshlar o’zaro birlasha olmaydilar. Faraz qiling, yuz ta tovuq va xo’rozni keng dalaga qo’yib yuborsangiz, ular har tomonga tarqalib ketadi, o’z rizqini terish bilan band bo’ladi. Xo’rozlar esa bir- birlari bilan ayovsiz «jang» qilishga shay bo’ladi. Ikkita xo’roz bir-biri bilan hyech qachon murosaga kela olmaydi. Insonlar hayotida ham shundaydir. Tovuq muchalidagilar ichki dunyosi bilan eskilik tarafdoridirlar. Hyech kimga ishonmaydilar. Xamma narsada, hayot muammolarini hal etishda ham faqat o’zlarigagina ishonadilar. Sarguzashtlarni sevadilar, ayniqsa, muhbbat bobidagi sarguzashtlarga o’ch buladilar. Yodingizda saklang, hayotda xo’rozlar, butun boshli “xaramiga” ega bo’lishni xoxlaydi. Sevgi bobida omadlidirlar. Xo’rozlar ayollar davrasida bo’lishni yoqtiradilar va ularning barchasiga egalik qilishni orzu qiladilar. Ayniqsa. xo’rozlar ko’pchilikning diqqat markazida bo’lishni yoqtiradi, shu boisdan maqtov eshitish ularning jonu dilidir. Pul, boylik ularga o’z-o’zidan kelavermaydi. Mashaqqatli va tinimsiz mehnati evaziga mablag’ topadilar. Shunga monand mazkur muchaldagilar ham shunday tinimsiz halol mehnatlari evaziga ro’zg’or tebratadilar. Ushbu muchal egalari o’zlarini qiziqtirgan muayyan soha va mutaxassislik bo’yicha oliy ma'lumotga ega bo’lsalar, ularning hayoti, ayniqsa, keksalik davri halovatli o’tadi va ko’p narsalarga, xususan, moliyaviy mablag’ga, shon-shuxratga ega bo’ladilar. Aks holda, oddiy, o’ziga bino qo’ygan, mutakabbir, hayotdan alamzada shaxs bo’lib kolaveradi.
Tovuq muchalidagi erkaklar: xo’roz kabi savlat to’kib yuradilar. Yon-atrofidagilar e'tiborini tortadigan darajada did bilan kiyinadilar. O’zlarini mutlaqo haqman, deb biladilar. Mazkur muchal sohiblari qilayotgan ishlari mohiyatini va uning oqibatini yaxshi bilishadi. O’zlariga bino qo’yishlarining sababi ham shunda. Xaqiqatan ham ko’p hollarda ular haq bo’lib chiqadilar. Aql-zakovatlari tufayli tevarak-atrofdagi odamlarda ularga nisbatan qiziqish uyg’onadi. Ularga maqtanchoqlik ham xosdir. Ko’p ishlab toliqadilar va toki salomatliklarini tiklamagunlaricha hyech narsaga ko’li bormay di. Fikru xayollari faqat o’z salomatliklarini qanday qilib bo’lmasin, tiklash haqida bo’ladi. Bu esa o’zlariga jiddiy e'tibor bilan qarash kerakligini anglatadi. Tovuq muchalidagi erkaklar ayollarga alozhida e'tibor bilan qaraydilar va (go’yoki xurozlar kabi) «o’z haramiga» ega bo’lishni bir umr orzu qilib yashaydilar. Ularning ichida bu orzuga erishganlar ham talaygina. Ko’proq ayol(qiz)lar davrasida bo’lish instinkti kuchli. Hayotlari da vomida moliyaviy-iqtisodiy, shon-shuhat va sevgi-muhabbat sohalarida yaxshi kunlarni ham, mahzun kunlarni ham boshlaridan kechiradilar. Tovuq muchalidagi ayol(qiz)lar: mazkur muchal sohibalari go’zal, tarovatli, orzu-havasli, nozik ta'blidirlar.
Tovuq muchalidagi ayol(qiz)lar:o’z uyi, oilasi bo’lishini orzu qiladilar. Ammo sevimli yorni izlab topishda qiyinchilikka duch kelishadi. Chunki ularning jushqinligi, tovukday «qaqqillashlari» pand berishi mumkin. Shuningdeq oilada ularning yetakchilik qilishga bo’lgan mayllari ham o’z baxtiga zomin bo’lishi mumkin. Mabodo, umr yo’ldoshi sevsa, bunga kunikishi mumkin, aks holda esa, bunday «daxmaza»ning bahridan o’tadi. Tovuq muchalidagi ayol(qiz)lar ajoyib tashkilotchi bo’ladilar. Ularning uyi doimo saranjom-sarishta, a'lo darajada tartibli va shinam bo’ladi.
Tovuq -Sichqon muchali. Sichqon muchalidagilar bilan oila kurishlarida o’zaro uyg’unlik kam. Sichqon muchalidagilar Tovuq muchalidagilarni sevib qolgan taqdirdagina oila qurish mumkin. Buning boisi, ular o’zaro farq qiluvchi xususiyatlarga ega: birlari ishlab pul topsalar, boshqasi juda tezlik bilan sarf-xarajat qilishga moyildirlar. Sichqon muchalidagilar pulga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladilar, tejab-tergab sarf-xarajat qiladilar. Mabodo, Sichqon muchalidagi Tovuq muchalidagini sevib qolsa, o’z juftining pulga bo’lgan munosabatiga chiday oladi.
TOVUQ MUCHALI-SIGIR MUCHALI. Mazkur muchalda tug’ilganlar
o’zaro muvofiq bo’lib, ikkisi ham eskicha qarashlarga moyildir. Tovuq
muchalidagilar o’zlarini har jihatdan namoyon qilishga intilsalar, Sigir
muchalidagi turmush o’rtog’i bunga yo’l qo’yadi va o’z imkoniyatini ishga
solishiga yordam beradi. Oilada kim yetakchilik qilish lozimligini aniq
belgilab olsalar yoki bir-birlariga kamroq buyruq bersalar bas. Shu shart bilan
o’zaro oila kurishlari tavsiya etiladi.
TOVUQ MUCHALI-YO’LBARS MUCHALI. Yo’lbars muchalida tug’ilganlar
bilan oila qurishlari tavsiya etilmaydi. Chunki Tovuqlar birovga bo’ysunishni
istamaydilar va yarq etib ko’zga tashlanishni xush ko’radilar. Yo’lbarslar esa
Tovuqlarning, ayniqsa, oiladagi «yaraqlashi»ni nazar-pisand qilmaydilar. Ikkisi
ham bir-birlariga bo’yin egishni istamaydi. Jinsiy mayllari ham o’zaro muvofiq
emas.
TOVUK MUCHALI-QUYON MUCHALI. Doimiy izlanishda, behalovat bo’lgan Tovuq muchali sohiblarining hayoti Quyon muchalidagilarni qoniqtirmaydi va ularning turmush tarzi boshqa-boshqa bulganligi sababli ham o’zaro bir oilada begonalardek yashashlariga to’g’ri keladi. Ularning jinsiy mayllari ham o’zaro mos emas. Bunday oilaviy xayotni hyech kimga ravo ko’rib bo’lmaydi. O’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi.
TOVUQ MUCHALI-AJDARHO (BALIQ) MUCHALI. Ajdarho (Baliq) muchalidagilar bilan ko’ngil rishtalarini bog’lashlari mumkin. Ikkisi ham faol, o’zlariga e'tiborlidirlar. Ushbu nikoh juftligida Ajdarho (Baliq) muchalidagilar Tovuq muchalidagi juftiga nisbatan kuchliroq sanaladilar, garchi bu Tovuqlarni u qadar qo’rqitmasa ham. Bunday juftlikda er-Ajdarho (Baliq) muchalida, xotin esa Tovuq muchalida bo’lsa, oilaviy muvofikdik birmuncha yuqori bo’ladi. Aks holda esa, oilada bir-biridan o’tish, o’zaro mensimaslik kabi ko’ngilsizliklar yuzaga kelib turadi.
TOVUQ MUCHALI-ILON MUCHALI. Ilon muchalidagilar
bilan qurilgan oila muvaffaqiyatli sanaladi. Ikkisi ham doimo bir-biri bilan har
sohada musobaqalashadilar. Bu kurash yaratuvchilikka qaratilgan bo’lganligi
sababli ijobiy ahamiyat kasb etadi. Bir-birlaridagi kamchilik va nuqsonlarni yo’qotishga
ko’maklashadilar. Ilon muchalidagilar o’z juftiga aqlli maslahatlari bilan har
jihatdan yordam beradilar. Oila qurishlari tavsiya etiladi.
TOVUQ MUCHALI - OT MUCHALI. Ikkisi ham boshqa-boshqa
dunyo vakillaridir. Ot muchalidagilar tabiatan xudbinlikka moyil bo’lib,
ularning bu xususiyati sevgi-muhabbatda ham o’z aksini topadi. Tovuq
muchalidagilar esa boshqalar ko’ziga yarq etib tashlanishni yoqtiradilar. Ot
muchalidagilarning mustaqil bo’lishga intilishlari Tovuq muchalidagilarning o’z
jufti ustidan hukmronlik qilishga intilish xususiyati mos kelmaydi. Ularning
jinsiy mayllari ham o’zaro mos emas. O’zaro oila kurishlari tavsiya qilinmaydi.
TOVUQ MUCHALI - KO’Y MUCHALI. Qo’y muchalidagilar
bilan qurilgan oilada ham turli murakkabliklar yuzaga kelishi kutiladi. Qo’y
muchalidagi (ayolini) juftini to’kis baxtli qilishi uchun Tovuqlar moliyaviy jihatda
baquvvat bo’lishlari talab qilinadi. Tovuq muchalidagilar Qo’ylarni tushuna
olmaydilar. O’z juftidan moddiy-moliyaviy jihatdan ta'minlangan Qo’y
muchalidagilar buning evaziga juftiga hyech bir narsa bera olmaydilar. Oilada
er - Qo’y, xotin esa Tovuq muchalida tug’ilgan bo’lsa, bir-birlarini
tushunishlari qiyin kechadi. Oilada er - Tovuq, xotin esa Qo’y muchalida tug’ilgan
bo’lsa bir-birlariga toqat qila olmaydilar. Tovuq muchalida er har yumushda
ayoliga dashnom beradi. Buni ko’tara olmaydigan Qo’y muchalidagi ayoli ko’p ko’z
yosh to’kadi va o’z uyidan beziy boshlaydi.
TOVUQ MUCHALI - MAYMUN MUCHALI. O’zaro baxtli bo’la
olmaydilar, Maymun muchalidagilar qulay fursatdan foydalanib, o’z juftining bor
bisotini tortib olib boz ustiga, yana undan minnatdor ham bo’lmaydilar. Ishonuvchan
Tovuqlar bunga chiday olmaydi. O’zaro oila kurshlari tavsiya etilmaydi.
TOVUQ MUCHALI - TOVUQ MUCHALI. Ularning o’zaro hayoti
muvofiq emas. Bunday oilada turli dilxiraliklar, o’zaro chiqishmovchiliklar,
urush-janjal arimaydi. Shu bilan birga, mazkur muchal sohiblaridan biri
kechirimli, chekinuvchan va itoatli bo’la olsa, birga yashashlari mumkin.
TOVUK MUCHALI - IT MUCHALI. It muchalidagilar bilan ham
oilaviy rishtalarni bog’lash maqsadga muvofiq emas. Chunki Itlar Tovuqlarning
kalondimog’liklarini ko’tara olmay, ularning sha'niga qarshi ish ko’rsalar juftlari
buni kutara olmaydi. O’zaro oila kurishlar tavsiya kilinmaydi.
TOVUQ MUCHALI - TO’NG’IZ MUCHALI. To’ng’iz
muchalidagilarning sabrli, og’ir-vazminliklari tufayli o’zar oila qurishlari
mumkin. Ularning oilaviy birligida ko’proq Tovuq muchalidagilar manfaatdordir. O’zaro
turmush qurishlari mumkin.
Tovuq muchalidagilar - Sigir, Ilon, Ajdarho (Baliq)
muchalida tug’ilganlar bilan turmush kurishlari maqsadga muvofiq bo’ladi va
ular uzoq yillar o’zaro baxtli hayot kechiradilar. Sichqon, Tovuq It, Quyon
muchallarida tug’ilganlar bilan oila qurganlar o’rtamiyona umr kechiradilar. Yo’lbars,
Ot, Maymun, Qo’y va To’nriz muchallarida tug’ilganlar bilan qurilgan turmush
ziddiyat, o’zaro tushunmovchiliklar bilan o’tadi.