SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon
29-04-2016

       Men kimning farzandi

 

Men kimning farzandi o‘zbek farzandi

O‘ziga to‘q, o‘ziga bek, buyuk ajdodi

Yuraklarda qolar ruhi fig‘oni

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Temuriylar hoki sening bag‘ringda

Boburiylar hoki sening bag‘ringda

Yashab o‘tgan momolarim sening bag‘ringda

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Ayollar jasorati o‘chmagaydir hech

To‘maris, Navoiysi, Nodirabegim

Faxir ila yodga olaman har chog‘

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Bahodirlar polvoni Jaloliddindek

Tengi yo‘q shoira Zulfiyaxondek

O‘g‘il - qizing bo‘lsin kelajak bo‘lsin

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Ona vatan onam kabi azizsan

Ota - onam borki, men baxtliman

Har doimo mehr berib tolishmas

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

O‘g‘il qizing Alpomishday, Barchinday

Shoirlaring Boburday, Navoiyday

Kuchi ketmas Jaloliddin Manguday

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Olam uzra dong‘i tutgan elimsan

Duo qilgan hamma yurtni xalqimsan

O‘zing buyuk, o‘zing ajib jannatsan

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Navoiy yozgan hammasin o‘qi

Ibn Sino yozgan kitobin o‘qib

Yurtimning toza sof suvlarin ichib

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Temur bobom jangu - jadallar kezganj jahon

Muqumiylar ijod qilib yurgan jahon

Quyosh sharqdan – g‘arbga qarab botgan jahon

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

 

 

Olima - olimlar bor bu yerlarda

Humodek uchadi qushlar ko‘klarda

Sendayin yurt yo‘q bu dunyoda

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Tog‘dan oqib tushar sharqiroq soylar

Sanamlardan uyalar ko‘kdagi oylar

Shoirlaring she’ridan yig‘laydi toshlar

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Qoshingga bosh egar kekkaygan tog‘lar

Chaman bo‘lib gullagay qir, adir, bog‘lar

Sening chiroyinga qanchalar ohlar

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

Kindik qonim to‘kilgan shu pok jannatda

Ollohdan bir tilagim shu bir navbatda

Ko‘z tegmasin aslo tinchligimizga

Men kimni farzandi, o‘zbek farzandi

 

 

 

                  Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan  Esonboyeva Mahpuraxon


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan