SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
Kitsimonlar oilasi haqida bilasizmi?
09-11-2022

Kitsimonlar (Cetacea) - suvda yashaydigan sut emizuvchilar turkumiga, 100 ga yaqin turi bor. Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda 6 oilasiga mansub 21 turi uchraydi. Boʻyi 1,2 m dan (dengiz cho‘chqasi) 33 m gacha (ko‘k kit). Kitsimonlar turkumiga mo‘ylovli kitlar, delfi,kashalotlar  kiradi. Tuzilishi va hayoti suv muhitiga moslashgan. Orqa oyog‘i boʻlmaydi, oldingisi boshqaruv vazifasini bajaradigan kurakka aylangan. Terisi yalangʻoch, shilimshiq modda bilan qoplangan. Dum soʻzgichlari ikki boʻlakdan iborat. Kitsimonlar nafas olish uchun suv betiga suzib chiqib, oʻpkasini havo bilan toʻldirib oladi. Boshi ustiga oʻrnashgan tashqi burun teshiklarida ochilib yopilib turadigan qopqoqlar bor. Burun teshigidan suv aralash havo favvora boʻlib otilib turadi. Bo‘g‘ozlik  davri bir yil. Ogʻirligi 1-3 tonna keluvchi 1 ta bola tugʻadi. Bolasi 4-8 oy onasini emadi. 3 yoshida voyaga yetadi.

Kitsimonlar 200    metrgacha   chuqurlikka shoʻngʻiydi.

Mollyuskalar, qisqichbaqalar va boshqa umuertqasiz hayvonlar, baliqlar  bilan oziqlanadi. Suv ostida bir soat va undan ortiq tura oladi. Kitsimonlar tishsiz (moʻylovli) va tishli kitlar kenja turkumiga boʻlinadi.

Kaspiy va Orol dengizidan tashqari barcha dengiz va okeanlarda, tropikdagi yirik daryolarda uchraydi. Kitsimonlarning iqtisodiy ahamiyati katta. Yogidan glitsirin, margarin  va sovun tayyorlashda foydalaniladi; go‘shtidan konserva tayyorlanadi; suyagidan talqon qilinadi, jigarida  vitamin A koʻp boʻladi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketganligi sababli ovlash man etilgan. 18 turi va 1 kenja turi Xalqaro Qizil kitobga  kiritilgan.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan