Surxondaryo viloyati Shеrobod tumani
44-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining 9-B sinf o’quvchisi
Ortiqova Tursunoy
Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan,
Mustaqil O’zbekiston!
Qadim Turon tuprog’dan yaralgan eldir bu zamin,
Ko’zim ochib ko’rgan yurtim,kindik qonim to’kilgan yurt
Mehrim tuyib,o’sib-yayrab bo’dimki, men shunga amin
Manglayimni kerib turgan nomusim,orimsan vatan.
Har qancha boylikdan aziz tuproq ila chorbog’laring,
Ko’zlarimga to’tiyodir bir daraxt-u yaproqlaring
Tuban degin meni agar,zarracha bilmasam qadring,
Erkimni qo’limga tutgan qadr-qimmatimsan vatan.
Farzandlaring shijoati vatan mehridadir hamon,
Bobolarim o’lmas ruhi dilimdadur,ko’nglimdadur.
Bolangman asrayin noming yuksakka ko’taray har on,
Erkalab qo’limdan tutgan tayanch,iftixorimsan vatan.
Yaxshi kunlaring ulansin,bayram,to’y-tomoshalarga,
Sen borsanki,tirikdurman,sog’-omondur jonu-tanim.
Bag’ring iftixorga to’lib sig’may ketsang dunyolarga,
Seni hech kimga alishmayman O’zbekiston vatanim.
«Mustaqillik madhi bolalar ijodida» Respublika ijodiy ishlar tanloviga yuborilgan ijodiy ishlar.