Sirdaryo
viloyati Mirzaobod tumani
21-maktab 8-sinf o’quvchisi
Qo’chqorova Malikabonu
Ona - Vatan
Vatan va ona so’zlar egizak,
Har ikki
tushuncha muqaddas, beshak.
Biri jonim
erur,birisi tanim,
Men uchun
azizdir Ona-Vatanim!
Hayot go’zal- sinovlarga boy,
Quyosh o’rnin
bosolmaydi oy ,
Qadrlaylik
ketgunimizcha,
Chin
manzilga etgunimizcha.
Xayolimni chulg’ar bir savol,
Nechun
keldik, ketamiz nechun?
Nedan boshin
egdi majnuntol,
Javobi yoq
savollar uchun.
Bu kunlarni
ko’rmaganlar bor,
Bu yo’llardan
o’tmagan qancha.
Gohi keng yo’l,
gohidadir tor,
Sabr ila
yengadi barcha.
Onajonlar
Dunyoda eng
aziz zot,
Onajonlar
bo’ladi.
Madhidir
shirin bayot,
Mehribonlar
bo’ladi.
Xalqimizda
naql bor:
Onajonlar
yagona.
Ko’kda
yagona quyosh
Mehr quyoshi
- ona.
Mening ham
onam bordir,
Qalbi go’yo
oq qordir.
Men onamga
farzandman,
Yorug’ kuni
- dilbandman.
«Mustaqillik madhi bolalar ijodida»
Respublika ijodiy ishlar tanloviga yuborilgan ijodiy ishlar.