Navoiy viloyati Zarafshon shahar
10-umumiy o`rta ta`lim
maktabining 4-“G” sinf o`quvchisi
Qosimova Dilso’z
Mustaqillik farzandimiz
Biz mustaqil farzandlar,
Yurtga munosib qizlar.
Vatanimiz tinch bo’lsin,
Bolalar shodon kulsin.
Tarixingni varaqlab,
Ko’p saboq oldimda men.
O’tmishdagi ajdodlar,
Mehnatin qadrla sen.
Ozod xalqning tuprog’i,
Bo’lsin doim gul-chaman,
Bayrog’imiz hamisha,
Hilpirasin rang-barang.
Osmono’par binolaring,
Ko’rkingga ko’rk qo’shadi.
Mard jasur navkarlaring,
Tinchlikni ta’minlaydi.
Yigirma bir yoshing muborak,
Aziz muqaddas Vatan.
Ma’naviyat-kuch g’ayrat,
Doimo bo’lar qudrat.
Gulla, yashna hur o’lkam,
O’sib-ulg’aydim bekam.
Osmoning nurga to’lsin,
Ayyoning qutlug’ bo’lsin.
Osmoningdir musaffo,
Xalqing yashar farovon.
Qushlar sayrar sho’x-shodon,
Qanday go’zal bu zamon.
Vatanim, sen borlig’im
Quvonchim ham shodligim.
Ushbu yozgan misralar,
Madhingni bayon etar.
Adolatli yurtboshim,
Bizlar uchun yagona.
Hamisha bo’ling omon,
Minnatdormiz biz har on.
“Sog`lom
bola”
Yurtboshimiz shu yilni
“Sog`lom bola” dedilar.
Kichkintoylarni o’ylab,
Ulkan ishlar qildilar.
Elim obod bo`ladi,
Katta ishlar qiladi.
Bolajon xalq yurtimni,
Olg`a manzil kutadi.
Men o’zbekning qiziman!
Men o’zbekning qiziman,
Qalbimda bor
bir faxr.
Ota- onam boshimda,
Menga bag’ishlar g’urur.
Yurtimdir eng ajoyib,
Imkonlarimiz bisyor.
Chet tillarin o’rganib,
Bizga doim omad yor.
Milliylik bor xalqimda,
Keksalari hurmatda.
“Salom” berar kattaga,
Izzatdadir kichikka.
Samarqand-u Buxoro,
Jalb etar sayyohlarni.
Binokor ustalar-chi,
Qurib ketgan ularni.
Hozirda ham obodlik,
Davom etar elimda.
Ko’rkam binolar barpo,
Bo’layotir har damda.