Rustamova Kumush
Surxondaryo
viloyati Qumqo‘rg‘on tumani
33-maktab 9-sinf
o‘quvchisi
VATAN YAGONA
Qalblar
ko`pdir dunyoda yaxshi va yomon.
Har daqiqa
o`zgacha , hatto har bir on.
Har inson
ham gullarga turfa
devona,
Osmon tanho , ona
bitta , vatan yagona.
Quyosh ham
yangi kunda yangicha
boqar.
Osmon ham
har faslda har
zebni taqar.
Oy ham
yulduzlar aro bir
dona , lekin,
Osmon tanho , ona
bitta , vatan yagona.
Har oyda
ham keladi oppoq
yuzli yor,
Meridaryo insonning
bori , yo`g`i bor.
Olmos ham
toshlar ichra oydek
dona, lek
Osmon tanho , ona
bitta , vatan yagona.
Dunyoda bog`bon
uchun guldir chiroyli.
Har kishi
ham o`zicha yulduzli , oyli.
Xamsa ham
bo`ston aro guldek durdona, lek
Osmon tanho , ona
bitta , vatan yagona.
VATAN NEDUR?
Bog` ichinda
bir sayroqi bulbulmisan, sen?
Qaro sochli
suman emas, sumbulmisan, sen?
Gulzor ichra
nurin sochgan bir
gulmisan, sen?
Aylolmayin senga
ta`rif hayrondurman men.
Aziz kindik
qoni tomgan qo`rg`onmisan, sen?
Issiq, sovuq balolarga
to`g`onmisan, sen?
Makoniga qalqon
bo`lgan o`g`lonmisan, sen?
Aylolmayin senga
ta`rif hayrondurman men.
Tomirimda jo`sh
urguvchi shu qonmisan, sen?
Ul ne’matdan
bahra olgan shu
jonmisan, sen?
Tillolarga alishmagan
shu onmisan, sen?
Aylolmayin senga
ta’rif hayrondurman men.
Ko’ksiga parchasin
taqqan u tunmisan, sen?
Quyoshni boshida
tutgan bu kunmisan, sen?
O`tmishimdan yaralguvchi
bugunmisan, sen?
Aylolmayin senga
ta’rif hayrondurman men.
Oy nurida
panoh topgan yulduzmisan, sen?
Qalbni qalbga
bog`laguvchi gulyuzmisan, sen?
Ko`zmunchoqqa ko`z
bo`lguvchi feruzmisan, sen?
Aylolmayin senga
ta`rif hayrondurman men.
Hatto nondan
shirin bo`lgan jonimdirsan, sen.
Yurakkinamda o`t
olgan cho`g`imdirsan, sen.
Har damda
hamroxim , bori– yo`g`imdirsan, sen.
Gar jonim
olsaki olloh bag`ringdaman
men.