SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930

Ozod Sharafiddinov adabiyot ilmiga, aniqroq qilib aysak, adabiy tanqidchilikka yonib kirdi va hozirgacha u mana shu fazilatni saqlab qoldi. Unda haqiqat ruxi, demokratik ruq, erkinlik ruhi kuchli.Abdulla Qahhor Bu ulug' insonning qoldirgan merosi, xalqimizni, millatimizni ma'naviy etuklikka olib borish yo'lida chekkan zahmatlari avlodlar tomonidan hamisha e'zozlanishi aniq.Ozod Sharafqddinov deganda, avvalambor, ko'z oldimizga xudo bergan iste'dod sohibi keladi. Ozod aka mana shu betakror qobiliyatini aniq tarixiy maqsadlarga yo'naltira oldi.Ozod Sharafiddinov o'z hayotini faqat adolat va halollikni himoya qilishga bag'ishlaganini ko'p bor e'tirof etganmiz. O'zbek xalqi, millatimiz qaramlikka mahkum etilgan yillarda ustozimiz qalam kuchi va tafakkur qudrati bilan, katta matonat va bardosh bilan mustaqillikka intiq bo'lib yashadi, kurashdi. Biz unga erishgach esa, istiqlolimiz himoyasi uchun jonini ayamay ishladi.Ozod aka adabiyotimizga halol va xolis xizmat qildi. U o'z qarashlarida hamisha qatiyatli bo'ldi. Bu esa uning e'tiqodiga aylangan edi. Ustozga yuksak did, chuqur bilim hamda jasorat rahnamolik qildi. Bu yumushlarning barchasi, eng avvalo, insondan fidoyilikni talab qilardi. Adolat va haqiqatni himoya qilmoqchi bo'lgan shaxs, agar o'sha adolatdan nimanidir ta'ma qilsa, bunday himoyaning boridan yo'g'i yaxshi. Demak, fidoyi insonning qadru qimmati o'sha adolat bilan barobar tura oladi.Odam bolasi har qanday sharoitda ham, albatta, bir bandadir. Unda ham ruhiyat, oriyat, o'z qadrini muhofaza qilish tuyg'usi bor. Ozod Sharafiddinov o'tgan sho'rolar mafkurasi davrida e'zozlangan emas edi. Lekin bunday holatdan Ozod akaning ruhi tushib ketmadi. Uning qalban pahlavon ekanligini o'shanda his etganman.Mustaqilligimiz yillarida Ozod akaga juda yuksak darajada izzat-hurmat ko'rsatildi. Xalqimiz, birinchi navbatda, davlatimiz, muhtaram Prezidentimiz bu ulug' zotning mehnatlarini, chekkan zahmatlarini doim e'tirof etdilar, munosib baholadilar. Unga O'zbekiston Qahramoni unvoni berildi. Ozod Sharafiminov va O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Qahramoni va Ozod Sharafiddinov. Bu iboralar bir-biri bilan yaxlit tushunchalardir. Biroq ba'zi birovlarda uchragani kabi bu e'tiborlardan olim xotirjamlikka berilib qolmadi. O'sha-o'sha shiddati, o'sha chapdastligi, o'sha jangovarligini qo'ldan bermadi. Katta shaxslardagina mana shunday fazilatlar uchrashi mumkin.Chin adiblar, odatda, biror asar yozganlaridan so'ng kimdandir baho kutib, hayiqib turadilar. Keyingi davrlarda Ozod Sharafiddinovning nazari ana shunday qimmatga ega bo'lgan edi.Biz domlamizni har kuni, har daqiqa yod etib turibmiz. Ustozimizning ma'naviy o'gitlari biz uchun vasiyatgina emas, balki qaysi bir darajada Dastur va ibrat bo'lib qolayotir. Adabiy jamoatchilik Ozod Sharafiddinov siymosida o'zining katta ustozini, katta olimini doimo barhayot deb hisoblaydi va biz, ijodkorlar asar yozayotganimizda, Ozod Obidovich Sharafiddinovning nazari bizni kuzatib turgandek bo'ladi. Agar biz domlamizning yo'llarini davom ettirish niyatida qalam tebratayotgan ekanmiz, demak, adolat uchun halollik bilan mehnat qilishimiz shart.Ozod Sharafiddinov nihoyatda serqirra ijodkor edi. Lekin domlamiz pedagog, murabbiy ekanliklarini bir lahza ham unutgan emaslar. Qanchalar yuksak martabaga, qanchalar yuksak darajada hurmat-e'tiborga sazovor bo'lganlarida ham, shogirdlaridan hech qachon qo'l uzgan emas. U kishining izdoshlari, shogirdlari, ayniqsa, Milliy universitetimizda ko'p, chunki domla yarim asrga yaqin mana shu dorilfununda faoliyat ko'rsatdi. Domlaning shogirdlari Milliy universitetimizda ham chirog'larini yoqib, yoshlarga ilm etkazishda hormay-tolmay mehnat qilib kelayotirlar.Albatta, Ozod aka hammamizga mehribon ustoz va ibratli xonadon sohibi edilar. Ayamizni, farzandlarini doimo boshiga ko'tarib o'tdilar. Ayamiz ham ustozimizni ko'z qorachig'iday asradilar, parvarish qildilar. Eng og'ir daqiqalarda ham doimo ko'ngillarini ko'tarib, ijodlariga safdosh bo'ldilar. Biz muhtaram Sharofat ayajonimizga uzoq-uzoq umrguzaronlik tilaymiz. Ыamma farzandlari biri- biridan a'lo. Shular orasida Muhabbatxonning ijodi, uning adabiyotga mehri - bularning hammasi shu xonadonda yongan chirog' bilan hamjihat bo'ldi.Ozod akaning katta noshirlik faoliyatini alohida ta'kidlab o'tishimiz lozim. Bugungi kunda o'zbek adabiyoti, ma'naviyatimizning o'ziga xos ko'zgusiga aylangan "Jahon adabiyoti" jurnali tashkil etilgan kunlar kechagidek esimda. O'shanda bu jurnal o'zbek adabiyotini jahonga, jahon adabiyotini o'zbek xalqiga tanitadigan mo''tabar va mustahkam ko'prik bo'lishi kerakligi o'rtaga qo'yilgan edi. Yurtboshimiz: "Ozod Sharafiddinov mana shu jurnalni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi, o'ylaymanki, unga muharrirlik qilish domlaning qo'lidan keladi", dedilar va bu muhim vazifani ishonib Ozod akaga topshirdilar.Domlamiz bu yumushni havas qiladigan darajada, shu qadar vijdonan, shu qadar katta saviya bilan bajardilarki, endi, bugungi kunda biz o'zbek xalqining madaniyati, ma'naviy-ma'rifiy darajamizni ko'z-ko'z qiladigan bo'lsak, "Jahon adabiyoti" jurnalimizni varaqlab ko'ring, deyishimiz, "o'zbek ziyolisining saviyasi, didi nimalarga qodir ekanligini ko'rishni xohlasangiz, ana shu jurnalga qarang", deyishimiz mumkin.Domla bu jurnalni oyoqqa turg'azdi, shogirdlarini bu erga jalb etib, dunyo adabiyotidagi eng ulkan va eng ibratli asarlarni tarjima qildirdi. Shu ijodiy jarayon boshida o'zlari turdi.Biz hammamiz guvohmizki, xastalik u kishini behad qiynayotgan paytda ham bu matonatli inson dolzarb mavzularda ajoyib publisistik asarlar yozdi, adabiyoshunoslikka oid tadqiqot ishlari olib bordi, muhokamalarda qatnashdi, shogirdlarining ijodini kuzatib bordi, kitob mutolaa qildi, shular bilan bir qatorda ko'plab etuk asarlarni etuk darajada tarjima ham qilib berdi. Bu jurnal bugungi kunda Ozod Sharafiddinov yoqqan chiroq shu'lasida muntazam chiqib turadi.Demak, Ozod Sharafiddinov siymosi ijodkorlarning did va saviyasini bundan buyon ham doimiy ravishda yuksakka chorlab turaveradi.

Ijodkorning kitoblari
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan