SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      

Xayriddin Saloh (Salohiddinov Xayriddin) (1934.15.1-Toshkent-1969.5.6) -shoir. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1957). «O‘zbekiston madaniyati»(1963-66) gazeta va «Gulxan» jurnalida (1968-69) adabiy xodim. «Chashma» (1959), «Ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» (1965), «Tug‘yon», «Na’matak»(1969), «Izlar va hislar» (19774), «Shu’lalar qo‘shig‘i» (1975), «Lirika» (1985) she’riy kitoblar va «Laylo», shoir Sulton Jo‘ra haqidagi «Yangroq hayot» (1969), Toshkent zilzilasiga bag‘ishlangan «Toshkent bilan suhbat» (1966) kabi dostonlar muallifi. U.G.Geyne, Bayron. M.Lermontov, T.Shevchenko, R.Hamzatov va boshqalarning ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2003.

Ijodkorning kitoblari
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan