SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212324252627
28293031   

      Normurod Narzullayev 1934 yilning 7 iyulida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Ho’jahayron qishlog’oda dehqon oilasida dunyoga keldi. U yeti yillik ma’lumotni o’z qishlog’idagi maktabda oldi. 1948 yilda Qarshi pedogogika bilim yurtiga kirib o’qidi. 1956 yilda Samarqand Davlat pedogogika institutining til va adabiyot fakultetini imtiyozli diploma bilan bitirdi.

     Mehnat faoliyatini 1956 yildan boshladi. Avval viloyat gazetalarida mutahasis so’ng adabiy hodim, bo’lim mudiri va mas’ul kotib vazifalarida ishladi.

     1968-1969 yillarda Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat universitetining o’zbek adabiyoti kafedrasi aspiranturasida o’qidi. Normurod Narzullayev 1969-1974 yillarda Samarqand va Toshkentda mas’ul lavozimlarda xizmat qildi. 1974 yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari etib tayinlandi, 1976-1981 yillarda mazkur uyushmada kotib vazifasini ado etdi.

       1991-1996 yillarda “Kamalak” nashriyot-matbaa birlashmasining bosh muharriri, 1996-1997 yillar ‘Kamalak” nashriyoti direktori vazifalarini bajardi. Normurod Narzullayev 1997 yildan e’tiboran O’zbekiston Resbuplikasi yoshlari “Kamolot” jamg’armasi “Qatortol-Kamolot” ishlab chiqarish nashriyot korxonasida bosh maslahatchi lavozimida ishlab keldi.

      Normurod Narzullayevning ijodiy faoliyati 1954 yildan boshlangan. Shu yillarda vaqtli matbuot sahifalarida uning ilk she’rlari bosilgan. Oradan  o’n yil o’tgach, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida shoirning ilk she’riy to’plami- “Suyunchi” (1965) bosilib chiqqan. Bugunga qadar shoirning o’ttizga yaqin kitoblari chop etilgan.

      Shoir “Sizni Vatan erkalar” (1966), “Mehr chashmasi” (1970), “Zarafshon zarlari” (1970), “Ufqlarda ko’zlarim” (1973), “Yog’du”(1974), “Nigohlar” (1976), “Lahza va larza” (1973) , “ Sevgi sehri” (1981), “Oq samanim” (1982) kabi to’plamarning muallifidir.

       So’nggi yillarda shoirning qator she’riy kitoblari respublika nashriyotlari tomonida chop etildi va ilmiy-adabiy jamoatchilikka manzur bo’ldi. Normurod Narzullayevning “Oq farishtam, oppoq farishtam”(1955), “Yurt ishqida yonaman” (1996), “Bola ko’zi bilan ko’ring dunyoni” (1998”) nomli she’rlar, qo’shiqlar to’plamlari shoir ijodida sezilarli iz qodlirdi.

      Normurod Narzullayevning she’rlari ingliz, ispan, fransuz, nemis, chex, polyak, vyetnam, turk, hind tillariga tarjima qilingan. Normurod Narzullayev “Xalq bulbuli”, “Do’stlik mushoirasi” hujjatli filmlari senariysi, “Vijdon isyoni” dramasi, “Sevgi sururi”, “Doiraning dovrug’I” kabi videofilmlarning muallifidir. Normurod Narzullayev Narziy tahallus bilan qo’shiqnafis shoir sifatida ham mashhur. Uning she’rlari asosida yaratilgan ko’plab qo’shiqlar xalqaro va respublika tanlovlarida sovrinli o’rinlarni egalladi. “Meros”, “ Uzilgan torlar”, “ Toshentda tuman”, “Sevgi nidosi”, “Fotima va Zuhra” kabi sahna asarlari va kinofilmlardagi qo’shiqlar ham shoir Normurod Narzullayev qalamiga mansub.

       Normurod Narzullayevning Genrih Heyns, Maksim Tank, Yevgeniy Yevtushenko, Jobir Navro’z, Qaysin Kuliev, Ibrohim Yusupov va boshqa shoirlar ijodidan qilgan tarjimalari ham o’zbek kitobxonlariga manzur bo’ldi.

        Normurod Narzullayev 1971 yilda O’zbekiston Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo’lgan. Unga 1984 yilda “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi”, 1994 yilda “O’zbekiston xalq maorifi a’lochsi” fahriy unvonlari berilgan. 1998 yilda “Shuhrat” medaliga sazovor bo’ldi. Unga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan. Atoqli shoir 2006 yil 17 martda vafot etdi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan