SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   

O’Genri (O’Henry) (taxallusi; asl nomi Uilyam Sidni Porter) (1862.11.9, Grinsboro yaqinida, Shim. Karolina —1910.5.6, Nyu-York) — amerikalik yozuvchi. Aptekachi, sotuvchi, kitob bezakchisi, noshir va b. kasblarda ishlagan; asar, feletonlar yozishni mashq qilgan (1896 y. gacha), qamoqdaligida (1897-1901) yozgan hikoyalarini O’Genri taxallusi b-n yashirin chop ettirgan. 1904—10 y.larda 9 novellalar to'plami («Yonayotgan sham», «G'arb qalbi», «Yoqimtoy o'g'ri» va b.), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan. «Qirollar va karam» (1904) romani sarguzasht-yumoristik novellalardan tashkil topgan. O’Genri amerika hikoyachiligining o'ziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuchliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning ko'p ishlatilganligi, eng muximi, muallifning oddiy mehnatkash — «kichik inson»ga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni madh etish va b. O’Genri hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi («To'rt million», 1909). Asarlari o'zbek tiliga tarjima qilingan. G'. G'ulom («Mening o'g'rigina bolam»), A. Qaxdor («Anor») va b. o'zbek hikoyachiligini O’Genri ijodining ilg'or tomonlari b-n boyitdilar (O'zbekiston milliy ensiklopediyasidan).

Ijodkorning kitoblari
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan