SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930

Oxunjon Safarovich Safarov - taniqli adabiyotshunos va folklorshunos olim, shoir, filologiya fanlari doktori (1986), professor (1989). O.Safarov 1940 yil 18 fevralda Shofirkon tumanidagi Dodbog'ni qishlog'ida tug'ilgan. Buxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakltetini tugatgan (1961).Mazkur institutning “Ilg'or fan uchun” (hozirgi “Ma'rifat nuri”) gazetasi muharriri (1971-76), muzika-pedagogika fakulteti dekani (1977-79), o'zbek adabiyoti kafedrasi mudiri (1988-92). Fayzulla Xo'jaev nomidagi Buxoro Davlat universitetida folklor va yangi o'zbek adabiyoti kafedrasi mudiri (1992 yildan). Buxoro folklori, o'zbek bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslikning boshqa mavzularida serunum tadqiqotlar olib bormoqda.450ga yaqin ilmiy ishlar (risolalar, darsliklar, maqolalar, she'riy va nasriy asarlar) yozgan. “Bolalik kuychisi” (1979), “Bolalarni erkalovchi o'zbek xalq qo'shiqlari” (1983),”O'zbek bolalar poetik folklori”(1985), “Adabiy Buxoro” (1985), “Shofirkonnoma” (1996), “Dilda qolganlar yodi” (1999), “Zamonlar tongining charoqlarisiz” (2003),”Buxoro Davlat universiteti” (2002; o'zbek, ingliz, rus va arab tillarida; hamkorlikda), “Saodatli taqdir sohibi” (2004; Mels Mahmudov bilan hamkorlikda) kabi ilmiy risolalar, “O'zbek bolalar adabiyoti”, “O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi” (hammualliflikda) kabi darsliklar, “Buxoriylar yoxud o'n ikki yulduz haqida qo'shiq” (1999), “Shirintoylar bahori” (2003) she'riy to'plamlari va boshqa kitoblar muallifi. Xalq og'zaki ijodi namunalari kiritilgan “Boychechak”, “Alla-yo alla” (1999), “To'y muborak, yor-yor”, “Chittigul” (2000) to'plamlari, “Shirinqishloq latifalari” (1994) kitobi va Qozi Qurbonxon Fitrati Vardonzehiyning she'rlarini (“Izlaringdan aylanay”, Toshkent, 2001) yozib olib, nashrga tayyorlagan.
“Shofirkonnoma” risolasida Shofirkon tumanidan etishib chiqqan olimlar va shoirlar haqida muhim ma'lumotlar mavjud. 
A.Rahmon.Shofirkon yulduzlari.T.

Ijodkorning kitoblari
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan