SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

 O’zbekiston xalq yozuychisi O’tkir Hoshimovdir qariyb qirq yildan buyon o’zining ajoyib publisistik maqolalari, hikoya, qissa va romanlari bilan adabiyotimiz taraqqiyotiga munosib ulush qo’shib kelgan. O’tkir Hoshimov 1941-yilning 5-avgustidaToshkent viloyatining Zangiota tumani Do’mbirobod mavzeida tavallud topdi. Bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. 1958-yilda o’rta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universiteti jurnalistika bo’limining avval sirtqi, so’ngra kunduzgi bo’limida o’qib, 1964-yilda tugatadi. 1959-1960-yillarda “Temir yo’lchi” 1960-yilda hozirgi "O’zbekiston ovozi”, 1960-1982-yillarda “Toshkent haqiqati”, “Toshkent oqshomi”, 1982-1983-yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1985-1995-yillarda "Sharq yulduzi” jurnaliga bosh muharrir va 1995-yildan 2004-yilgacha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qo’mitasi raisi sifatida faoliyat ko’rsatib keldi. “Teatr” jurnaliga muharrirlik qilmoqgan. O’tkir Hoshimov ijodi publisistikadan boshlangan bo’lib, birinchi kitobi 1962-yilda “Po’lat chavandoz” nomi bilan bosilib chiqqan. Uning ilk hikoyasi esa 1963-yili “To’rt maktub” nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik mazkur hikoya asosida “Cho’l havosi” (1963-yil) qissasi yaratilgan. Shundan so’ng uning “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi” qissalari maydonga keldi. Ayniqsa, adibning “Bahor qaytmaydi” (1970-yil), “Qalbingga quloq sol” (1973-yil) kabi qissalari yozuvchiga shuhrat keltirdi. Adib “Nur borki, soya bor” (1976-yil) romanida jamiyat ijtimoiy hayotidagi illatlarni, turg’unlikning mohiyatini ochish asnosida davrning muhim ma’naviy-axloqiy masalalarini ko’tarib chiqdi. Shundan so’ng u yana bir go’zal asarni-O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlangan “Dunyoning ishlari (1982-yil) qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi. O’tkir Hoshimov ijodida “Ikki eshik orasi” romani alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o’z ichiga olgan va bir qator tarixiy qismatini mahorat bilan umumlashtirib berdi. Shu tufayli ham roman 1986-yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Shuningdek, “Tushda kechgan umrlar” romani ham turg’unlik davri illatlarini fosh etuvchi asar sifatida alohida ahamiyatga egadir.  O’tkir Hoshimov hikoya janrida  ham unumli ijod qildi. Hususan, uning “ Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning so’nggi qurboni”, “O’zbek ishi” kabi asarlari o’zbek hikoyachiligi rivojiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi.  Uning “Qalbning oppoq daftari”, “Muqaddas qasamni buzganlar”, “Avlodlarga nima deymiz”, “Mantiq qani?”, “Davlat siri” kabi maqolalari so’nggi yillar o’zbek publisistikasining yutuqlaridan biri bo’ldi. O’tkir Hoshimov mohir hikoyanavis, qissanavis, romannavis va publisistgina emas, dramaturg sifatida ham zamonaviy adabiyot rivojiga ta’sir ko’rsatdi. Uning “Hazon bo’lgan bahor”, “To’ylar muborak”,  “Vijdon dorisi”, “Inson sadoqati”, “Qatag’on” kabi drama va komediyalari respublika teatrlari sahnalarida qo’yilgan. O’tkir Hoshimov tarjimon sifatida O.Bergglos, Mustay Karim, V.Shukshin asarlarini o’zbek tiliga ag’dargan. Uning eng yaxshi asarlari rus va boshqa tillarga tarjima etilgan. O’.Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991-yili “O’zbekiston xalq yozuvchisi” fahriy unvoni berilgan. U “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan ham taqdirlangan.

Ijodkorning kitoblari
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan