SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
25262728293031

Taniqli adib va shoir Yo'ldosh Sulaymon 1935 yil 12 avgustda Qo'qon shahriga tutash Mingtit jamoasining Qum qishlog'ida tug'ildi. 1944-1955 yillarda o'rta maktabda o'qigan, 1954-1955 yillari maktabda tarbiyachi bo'lgan, 1955-1960 yillari Farg'ona Davlat pedagogika institutida ta'lim olgan. Yo'ldosh Sulaymon o'z umrini, kuch-quvatini, qaynoq mehr-u muhabbatini badiiy adabiyotga, xalqqa bag'ishlab kelmoqda. Keng ijodiy ko'lamga ega bo'lgan va ehtiroslarga to'lib-toshib yuradigan, borliqqa hamisha nozik hisiyot ko'zi bilan qaraydigan adib o'z adabiy izlanishlaridan, behalovatlikdan orom topadi. U hayotining uncha-buncha odamning ham nazari tushavermaydigan qirralarini, voqea-hodisalarini topa biladi. Ijodini o'quvchilik yillaridan boshlagan Yo'ldosh Sulaymon 60-yillardan iste'dodli bolalar shoiri sifatida tanila bordi. Uning o'ziga xos quvnoq she'riy ohangi va shirin nafasi ma'qul kelib, uyg'un, quddus Muhammadiy, Qudrat Xikmat, G'ayratiy, Hakim Nazir va boshqa ustozlar oq yo'l tiladilar, kelajagiga ishonch bildirdilar. Shoirning bolalarga yozilgan asarlari o'quvchilarni, o'smirlarni komil insonlar etib voyaga etkazishda, ularni mustaqillik ruhida tarbiyalashda e'tiborli o'rinda turadi. Uning “Biz sayohatchilarmiz”, “Hamma havas qiladi”, “Rahima-chi, vahimachi”, “Mening yoshim oltida”, “Men–birinchi muallim”, “Men otamni o'ylasam”, “Quyoshli kun”, “Hirotga sayohat”, nomli she'riy to'plamlari adabiy jamoatchilik e'tiborida turibdi. Bolalarni haqgo'ylikka, mardlikka, vatanparvarlikka, mehru muhabbatli bo'lishga da'vat etuvchi “Elash va To'lash”, “Quyoshning ko'z yoshlari”, “Bobomning yoshligi”, “Mahallam-shirin allam”, “Samarqandnoma” kabi doston va balladalari, “Da'vatingni eshityapman, hayot”, “Katta yo'lga chiqkuncha”, “Bolalar qalbi”, “Boqiy umir”, “Sen-mening qushimsan” singari ocherk va hikoyalardan iborat kitoblarni adib ijodida salmoqli o'rin tutadi. Muallif kattalar she'riyatida ham o'z ilhom kuchini sinayotgan shoir. Uning “Dardim sig'mas dunyoga”, “Shahrizod bo'l, bir kecha”, “Gulnoma”, “Marg'ilonnoma”, “Qo'qonnoma”, “Farg'onanoma”, “Farg'onaning quliman”, “Osmonga sig'magan muhabbat” nomli to'plamlari va dostonlari muhlislarga manzur bo'lgan. Yo'ldosh Sulaymoning o'smirlarga mo'ljallab yozilgan “Avlodlar”, “Muhabbat”, “Jalada qolgan gul” qissalari. “Subhidam”, “Vafo”, “Armon”, nomli romanlari adabiy jamoatchilikning yuqori bahosini olgan. “Ahmad Farg'oniy muhabbati” nomli dramatik dostoni teatrlarda qo'yildi va Respublika xalqaro festivallarida mukofotli o'rinlar oldi. Yo'ldosh Sulaymon badiiy ijod bilan birga ijtimoiy hayotda ham hamisha fidoyilik ko'rsatib kelmoqda. 

Ma'lumot:O'zbekiston tarixining muhim sanalari. "O'zbekiston".2012.

Ijodkorning kitoblari
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan