SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242627282930

Mirkarim Osim 1907 yil 14 avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1944), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Moskvadagi Bubnov nomidagi pedagogika institutini tutatgan (1926—30).  “Yangi ari ilk qissasi (1925) Qo‘qon xonligini ideallashtirgan asar sifatida bosilmay qolgan. Dastlabki yirik asari — Astrobod tarixiy qissasi Alisher Navoiy hayotiga bag‘ishlangan. Shundan keyin u Navoiy haqida turkum qissa va hikoyalar yozgan (1937—40).  “To‘maris “ShiroqIskandar va SpitamenTemur MalikMahmud TorobiyO‘tror kabi qissalar muallifi. Uning Zulmat ichra nurAjdodlar qissasi,  “Jayhun ustida bulutlarAljabrning tug‘ilishiIbn Sino qissasiSingan setor singari asarlari o‘zbek tarixiy qissachiligining yuksak namunalaridandir. M. Sholoxovning “Tinch oqar Don” (2-kitob), S. Borodinning “Yeldirim Boyazid” romanlari va L. G. Batning “Hayot bo‘stoni” qissasi na boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Mirkarim Osim 1984 yil Toshkent shahrida vafot etgan. Vafotidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002).

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan