SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2017
YaDuSeChPaJuSh
 23456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Abduqahhor Ibrohimov Toshkentning Ko'kcha dahasida 1939 yilning 16 avgustida dunyoga kelgan. 1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1975-1977 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o'qigan. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi San'at ishlari boshqarmasida bosh muharrir, 1990-1993 yillarda Respublika Prezidenti Devonida maslahatchi sifatida faoliyat ko'rsatadi. Abduqahhor Ibrohimovning «Arra», «Meni aytdi demang», «Zo'ldir», «Bir o'likka bir tirik», «Bu zamon o'g'loni», «Tusmol», «Sochqi», «Mayli, mayli», «Ofarin», «Puch», «Shayton yo'li» komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qo'yilgan. Unga «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan. U keyingi paytda «Vatan tuyg'usi» (hamkorlikda), «Bizkim, o'zbeklar...», «Davlat tafakkuri nima?», «Millat ovozi» kabi yirik publisistik kitoblarini va «Uyqu kelmas kechalar» romanining birinchi jildini o'quvchilarga taqdim etdi.

Ijodkorning kitoblari
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan