2 aprel – “Xalqaro
bolalar kitoblari kuni”
“Xalqaro bolalar kitoblari
kuni"ga bag‘ishlangan bayram ssenariysi
Sahna ilmu ma’rifatga
da’vat etuvchi shiorlar, hadislar yozilgan plakatlar, shoir va yozuvchilarning
portretlari bilan bezatiladi. Shuningdek, turli badiiy kitoblardan namunalar,
ular haqida ma’lumot beruvchi bukletlar ham qo‘yiladi.
Tadbirni boshlovchilar va o‘quvchilar olib borishadi. Musiqa sadolari ostida
sahnaga boshlovchilar tashrif buyurishadi.
1-boshlovchi: Har
ko‘ngilning orzusi shul erur obi-xayot,
Qadrini bilgan
kishiga shubhasiz jondir kitob.
Ko‘zning nuri,
dil sururi dillarning darmonidir,
Har qorongu dilga go‘yo mohitobondir
kitob.
2-boshlovchi: U balodan asraguvchi eng muhim
qimmat yarog‘,
Tiyri vaxshat
xanjari zillatga qalqondir kitob,
Har kishi
yoshlikda qilsa g‘ayrat agar,
Tez zamonda
oshno bo‘lmog‘i onsondir kitob.
1-boshlovchi:
Assalomu-alaykum hurmatli mehmonlar va kitobsevar do‘stlar!
2-boshlovchi: Assalomu-alaykum mana shu koshonaga
yig‘ilgan aziz insonlar!
1-boshlovchi: Kitob – insonning aqliy taraqqiyoti va ma’naviy
kamolotiga yordam beruvchi, ilm durdonalarini to‘plab, avlodlarga yetkazuvchi, o‘tmishni, bugun va
ertangi kunga bog‘lab turuvchi ma’naviy boylik.
2-boshlovchi: O‘zbek oilalarida kitobga muhabbat,
kitobni asrab-avaylab saqlash va kitobxonlik qadimiy an’analardan bo‘lib,
halqimiz ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutib kelyapti. Kitobxonlik-ma’naviy
komillik asoslaridan sanalarkan, xalqimizning o‘zi qadar qadimiy tarixga ega.
Buni ajdodlarimiz tomonidan uch yarim ming yil ilgari yaratilgan
"Avesto" qismati yaqqol tasdiqlaydi. Ajdodlarimiz uni to‘la-to‘kis
yod bilmoqni, unga amal qilib yashamoqni e’tiqodiy burch deb bilganlar.
1-boshlovchi:
Kitob-dilga nur beradi, dil nuridan esa inson ko‘zi ravshanlashadi,
olamni ko‘radi, anglaydi, to‘g‘ri yo‘l ila baxt - saodat topadi. Zaminni,
ona-tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, yoritadi va
nurlantiradi. Ya’ni quyosh bo‘lmasa olamning, tabiatning, hayotning bo‘lishi
shubha ostida qoladi. Kitob bo‘lmasa, ma’naviyatning rivojlanishi ham mavhum
bir fikr bo‘lib qolaveradi.
2-
boshlovchi: Hozirgi axborot asrida,
turli vositalardan turfa xil xabarlar olish mumkin.Ammo kitob mutolaasi bilan
ham shug‘ullanish juda zarur hisoblanadi.Kitobxonlik kishidan muayyan
ko‘nikmalardan tashqari zehnlilikni ham talab qiladi.Shunday ekan, kitob o‘qish
kishi ongi va fikrlash qobiliyatini o‘stiradi.
1-boshlovchi: Kitobxonlikning bosh sharti - o‘qiganni
uqmoq, anglab, tushunib,o‘zlashtirib olmoqdir. Binobarin, har bir kitobxon
tushunib, anglab o‘qishga erishish darkorligini muttasil yodda tutmog‘i shart.
2-boshlovchi: Shunday ekan, bugun ushbu dargohga 2
aprel –“Xalqaro bolalar kitoblari kuni”ni nishonlash uchun yig‘ildik.
1-boshlovchi: Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2 aprel sanasini “Xalqaro
bolalar kitoblari kuni “sifatida nishonlashadi. Bu sananing ham o‘ziga xos
tarixi bor albatta. 1967 yilda Xalqaro bolalar kitobi kengashi 2 aprel sanasini
bolalar kitoblari kuni deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu sana
o‘z-o‘zidan tanlangan emas. Hamma gap shundaki, ushbu sanada buyuk ertakchi
Xans Kristian Andesen dunyoga kelgan kundir.
2- boshlovchi: Bu kun jahon miqyosida
sayyoramiz kelajagi bo‘lmish yosh avlodga ularning intellektual salohiyati va
ma’naviy boyligini shakllantirishda kitobning mohiyati va o‘rnini anglashga
da’vat qiladi.
1-boshlovchi: An’anaga ko‘ra bugun bayramimizga mashhur bolalar
yozuvchilari va shoirlari taklif qilingan. Tantanamizga bolalar yozuvchilaridan
tashqari mashhur bolalar rassomlari ham taklif etilgan, ular ushbu kunni
targ‘ib qiluvchi plakatlarga rasmlar chizganlar. Shuningdek, tadbirimizga kitobsevar o‘quvchilar ham tashrif buyurganlar
navbatni ularga beramiz.
Sahnaga kitob
siymosida bir o‘quvchi chiqadi va she’r o‘qiydi.
Tanishaylik, men - kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo‘lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib, burdalab,
Kamaytirma varag‘im.
Sendan yana bir tālab
Iflos qilma
hech yog‘im.
Yana bir o‘quvchi
kitobni sharaflab she’r o‘qiydi.
Kitobda
bilim lim-lim,
O‘qi qunt
bilan, do‘stim.
Topmoq
istasang kamol,
Oltin olma,
duo ol.
Tinmay o‘qisang agar,
Ko‘p narsani o‘rgatar.
Bilsang, yo‘lingda
oftob,
Bilim koni
bu - kitob.
2-
boshlovchi: Rivoyat aytadi.
O‘tgan zamonda bir podsho vaziru
ulamolarini yoniga chaqirib ularga «Dunyoda eng zo‘r, kerakli va hamma narsadan
xabardor qiluvchi nima?» - degan savolni beribdi. Ulamolarning biri qilich
desa, ikkinchisi hamma narsadan xabar beruvchi narsa - oynai jahon, debdi. -
Uch kun muhlat beraman, - debdi ulamolarining javobidan darg‘azab podsho.
Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Vazir
podshoning savoliga shu donishmand javob bēra olishiga aqli yetibdi va uni
izlab topibdi. Unga podshoning savolini aytibdi. Donishmand hech ikkilanmay:
«Kitob. Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa bilimdir»,
- debdi.
Donishmandning
vazirga bergan javobi podshoga ma’qul tushibdi.
1- boshlovchi: Endi
navbat o‘quvchilar ijrosidagi “Kitobim qo‘limda” qo‘shig‘iga.
O‘quvchilar she’r aytadilar.
Men kitobni
ochaman,
Kitob
aqlimni ochar.
Men kitobim
ochaman,
G‘aflat tun kabi
qochar.
Men kitobni
ochaman,
Kitob ochar
dunyoni.
Men kitobni
ochaman,
Kitob ochar
ziyoni.
Kitob qalbda mudragan,
Tuygularni qo‘zg‘atar.
Tong chog‘i u onamday,
Orzularni uyg‘otar.
2-boshlovchi: Hozir o‘quvchilarimiz sizlarga o‘zida
durdona fikrlar mujassamlashgan
hikmatlardan namunalar aytishadi.
1-o‘quvchi: Bilimdan ortiq boylik yo‘q.
2-o‘quvchi: Kitob - bilim manbai.
3-o‘quvchi: Bilgan o‘qir,
bilmagan to‘qir.
4-o‘quvchi: Avval o‘rgan,
keyin o‘rgat.
5-o‘quvchi: Aqlning
qayrog‘i - bilim.
6-o‘quvchi: Ilm olsang dunyoda,
Aqling bo‘lar ziyoda.
7-o‘quvchi: Kitob -
xazina,
Bilim - boylik.
8-o‘quvchi: Bilim - baxt keltirar.
9-o‘quvchi: Kitob - aql
chirog‘i.
10-o‘quvchi: Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q.
1-boshlovchi: So‘z
navbatini kechamizning mehmoni bolalar shoiri va tarjimon Tursinboy
Adashboyevga beramiz.
2-boshlovchi: Barcha mavjudotlar ichida eng oliysi insondir. U o‘z odobi va
ilmi, go‘zal qalbi
hamda mehnati bilan sharaf sohibidir.
Ey, O‘zg‘on naslidan,
yaralgan o‘zbek,
Shavkati
olamga taralgan o‘zbek.
Asli nasli
toza buyuk millatsan,
Uluslar
ichida qutbi izzatsan.
O‘quvchi:
Orzularim bir jahon,
Poydevor unga kitob,
Hayotim yo‘llarini,
Yoritar nurli oftob.
2-boshlovchi: Biz
tarixan ulkan madaniyatga ega xalqning bilimi kuchli, ma’naviyati yuksak
avlodimiz. Barkamollikka, komillikka erishgan Najmiddin Kubro, Jaloliddin
Manguberdi, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi
go‘zal qalb sohiblari, aziz kitobxonlar vakilimiz.
1-boshlovchi:
Kitob - sehrli olām. Unga bir sho‘ng‘isang, qachon chiqib ketishingni
bilmaysan. inson kitob bilan do‘st tutinar ekan, u hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi.
Kitob tufayligina inson olamga boshqacha
ko‘z bilan boqadi.
Har bir insonning o‘z sevimli kitobi
va yozuvchisi bo‘ladi. Kitob saodāt topish uchun o‘qilmaydi. Uning o‘zi bir
soadatdir.
2-boshlovchi:
Tantanamizga bolalar yozuvchilaridan tashqari mashhur bolalar rassomlari ham
taklif etilgan.So‘z navbati ularga.
1-boshlovchi: «Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va
aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir»,
-degan edi buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur. Endi donolarning kitob haqidagi
qimmatli fikrlarini tinglaymiz.
1-o‘quvchi: Kitob - sehrgar. U dunyoni qayta
qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining ustuni.
Kitobsiz olām yovvoyilar olamidir.
2-o‘quvchi:
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir.
3-o‘quvchi: Hayotda
sening aqlli bo‘lishingga beminnat xizmat qiladigan ulug‘ ustoz kitobdir.
2-boshlovchi: Endi navbat qiziqarli
ma’lumotlarga asoslangan «Bilasizmi?» sahifasiga.
1-o‘quvchi: Tib
ilmining buyuk namoyandasi Ibn Sino bobomiz butun umri davomida ijod, ilmu
tadqiqot bilan shug‘ullanib, 276 ta kitob yozib qoldirgan. Uning kitoblari
asosan ilmiy-tahliliy asarlardir. Hajmi ham zamonaviy ilmiy-ommabop kitoblardan
bir necha barobar katta bo‘lgan. Birgina «Ash-shifo» kitobining o‘zi 18 jildni
tashkil etgan.
2-o‘quvchi:
Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan qo‘lyozma dunyodagi eng qadimiy
kitob hisoblanadi. Hikmatlar yig‘indisidan iborat bu kitob, qadimda Misrning
Fiva shahrida eramizdan 2600 yil muqaddam topilgan.
3-o‘quvchi:
Nyu-Yorkdagi muzeylardan birida bo‘yi 3 metr, qalinligi 1 metr, og‘irligi esa
4-o‘quvchi: «Tib
qonunlari» kitobi XII-XVI asrlar oralig‘ida 40 marta qayta nashr qilingan. Bu
kitobga hozir ham ehtiyoj katta.
5-o‘quvchi: Eng ko‘p
jildli kitob «Fransuz ensiklopediyasi» bo‘lib, u 1200 jilddan iborat.
6-o‘quvchi: Markaziy
Osiyo xalqlari kitobni qadim-qadimdan e’zozlab kelganlar. Ushbu hududdagi
dastlabki kutubxona eramizning II asrida Xorazmda faoliyat ko‘rsatgan.
1-boshlovchi:
Aziz o‘quvchilar! Ko‘rdingizmi, yer yuzidagi ko‘plab insonlar kitobni sevib,
o‘zlariga yaqin do‘st bilib, e’zozlar ekanlar. Shunday ekan, siz ham bilimlar
xazinasi bo‘lgan kitobga mehr qo‘ying, uni asrab-avaylang.
Boshlovchilar: Hurmatli
o‘quvchilar, yuqoridagi fikrlarni tinglab, sizning kitobga bo‘lgan mehringiz
yanada oshdi, degan fikrdamiz. Shu narsaga doimo amal qiling! O‘qib
o‘rganayotgan kitoblarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab, avaylab saqlaylik. Bu
kitoblardan kelajak avlodlar ham foydalansinlar.
O‘g‘il
bolalar ijrosida «Andijon polkasi» raqsi tomoshabinlarga havola etiladi.
Tadbir
yakunida o‘quvchilar «Barkamol avlod» she’rini aytadilar.
Musiqa sadolari ostida tadbir yakunlanadi.