SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272930
Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi
G‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan “Alisher Navoiy ijodida  komil inson  tarbiyasi” nomli kecha dasturi

“Kecha o‘tkaziladigan joy bayramona bezatilgan bo‘lib, sahna to‘rida Alisher Navoiy portreti qo‘yilgan, uning bir yonida siyohdon, qalam va ikkinchi tomonida sham qo‘yilgan. Sahnada Alisher Navoiyning “Xazoyinul – maoniy” asaridagi 4 ta devoni, “Xamsa”, “Lison ut – tayr” va bir qancha asarlari, har xil ko‘rgazmalar, bukletlar va shiorlar qo‘yilgan.
1 – boshlovchi:
Asrlar yangragan, eng jo‘shqin ovoz,
Mustaqil bot berdi, sizga sharaf – shon.
Siz bitib tikladingiz she’r,
Xalqingizni doston ayladingiz.
Ham yana forsiy aro,
O‘zingizga gulzor tanladingiz.
Xalq uchun tortib stam,
Dillarni dilga bog‘ladingiz.
Xushstam, shirin kalam,
Foniy, Navoiy, Assalom.

2 – boshlovchi:
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi boblar,
Ular ketdi, sen qolding tilim!
Belanchaging uzra Qoshqariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringa,
Dil qonuni berdi Navoiy.

1 – boshlovchi: Assalomu alaykum davramiz mehmonlari – bilimga chanqoq o‘quvchilar. Mana bugun biz buyuk o‘zbek shoiri mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “G‘azalxonlik” kechasi o‘tkazmoqdamiz.

2 – boshlovchi: Alisher Navoiy bobomiz 1441 - yil 9 - fevralda ya’ni hijriy 844 yil ramazon oyining 17 - chisida Xurosonning markazi bo‘lgan Hirotda dunyoga kelgan.
Hofizlar xonishida,
G‘azal – u rubiyingiz.
Ashoringiz satriga,
Sirdosh bo‘lib keldim.

1 – boshlovchi: Endi o‘quvchilar tomonidan g‘azallar tinglang.

1 – o‘quvchi:
Suvdurur bag‘rimki, paykoni ko‘nguldan chekti tosh,
Nam havoda sabza chiqqondek uchidin donaning.
Yiqmadi ko‘k gunbazin yog‘ib havodis yomg‘uri,
Kim suvar erkin chiqib tomini bu koshonaning?
O‘qlaring chok ettilar har yon Navoiy ko‘nglini,
Yo‘llar etgandek yog‘in devorini vayronaning.

2 – o‘quvchi:
Ko‘rgali husningni zor – u mumtalo  bo‘ldum sanga,
Ne baloliq kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Har necha dedimki, kun – kundin uzay sendin ko‘ngul,
Vahki, kun – kundin batarrak mumtalo bo‘ldim sanga.

3 – o‘quvchi:
Men qachon dedim, vafo qilg‘il manga - zulum aylading,
Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il manga – bo‘ldim sanga.
Qay pari paykarg‘a dersan, telba bo‘lding bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang, qil manga, bo‘ldum sanga.

4 – o‘quvchi:  
Ey ko‘ngil, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.                        
Jomi jam birla Xizr so‘yi nasibimdur mudom,
Soqiyo, tarki joh aylab gado bo‘ldim sanga.
G‘ussa chang‘iddin Navoiy topmadim ushshoq aro,
To Navoiydik asir – u benavo bo‘ldim sanga.
1 – boshlovchi: Shukurki Navoiy asarlarini sevib o‘rganilayorgan dorilomon zamonda yashayapmiz. Istiqlolimiz tufayli ulug‘ bobokalonimiz yaratgan necha minglab shoh g‘azallarning, dostonlarning asl ma’no va mohiyati jonkuyar olimlarimiz tomonidan qaytadan sharh etilmoqda.
Bilmak Navoiyni – bu zo‘r ma’rifat nishoni,
Bilmak Navoiyni – bu yuksak eltar oni.
Bilmak Navoiyni – bu o‘z nafi yo‘q ziyoni,
Bilmak Navoiyni – bu oynai jahoni.

1 – boshlovchi: Endi navbat Sahna ko‘rinishiga: Marhamat tomosha   qiling.
1 – boshlovchi: Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy ma’daniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarranum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.

2– boshlovchi: Darhaqiqat, rost! Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan – kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurumiz, yuragimizga avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi.

1 – boshlovchi:
“Sabbayi Sayyor” dan ko‘p hikmat topdim,
“Hayrat ul – abror” dan hayratda qoldim.
“Lison ut – tayr” dan dil sirim bildim,
Navoiyni o‘qidim o‘zimni tanidim.

2 – boshlovchi:
“Munojot” aytilsa doim ko‘zda yosh,
“Qora ko‘zim” kuylansa, misli bir quyosh.
Dillarni yoritar bir azmu dilkash,
Navoiyni o‘qidim, xalqni tanidim.

RAQS:

1 – boshlovchi: Endigi navbatni yana o‘quvchilarga beramiz va ular tomonidan g‘azallar tinglaymiz. Marhamat.

1 – o‘quvchi:
O‘n sakkiz ming olam oshibi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.
Desa bo‘lg‘ay kim, yana o‘n sakkiz yil husni bor,
O‘n sakkiz yoshinda muncha fitnakim, boshindadur.

2 – o‘quvchi:
O‘n sakkiz yil, dema, yuz sakson yil o‘lsa uldirur,
Husn shohi, ul balolarkim ko‘zi qoshindadur.
Hayrat etmon husn – u naqshidaki, har hayratki bor,
Borchasi Ezid taolo sun’ naqqoshindadur.

3 – o‘quvchi:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza – lahza chiqdim – u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a  - yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

4 – o‘quvchi:
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

1 – boshlovchi: Navoiy ijodi sira tuganmas xazina. Uni o‘rganganimiz sari u haqidagi bilimlarimiz juda ozligiga ishonch hosil qilamiz. Bugungi tadbirimiz ham Navoiyni o‘rganish yo‘lidagi bir urinish, bir saboq o‘rnida qabul qiling. Chunki, Navoiyni o‘rganish to insoniyat yashar ekan aslo tugamaydi.

1 – boshlovchi: Shuning bilan Alisher Navoiy tavalludining 582 – yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “G‘azalxonlik”  kechamiz o‘z nihoyasiga yetdi.

2 – boshlovchi: Xayr sog‘ – salomat bo‘linglar.
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan