SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!
Zal bayrami bezatilgan. “Chamanda gul” (o‘zbek xalq musiqasi) kuyi yangraydi. Zalga quvnab, o‘rta guruh bolalari kirib keladilar.

Boshlovchi: 
Maysa boshin ko‘tardi yerdan,
Gulbahordan bermoqda darak.
Qushlar qo‘shiq, soz kuyi bilan 
Gulbahordan bermoqda darak.
 (M.Abdusamatova)

Assalomu alaykum, shirin-shakar o‘g‘il-qizlarim! Atrofga bir nazar tashlang. Qanday chiroyli! Tabiat yashil libosga o‘rangan. Yilning eng chiroyli faslida qir-adirlarda chuchmoma, boychechak, lolaqizg‘aldoqlar ochilgan. O‘lkamizda bahor kezmoqda. Bu faslda qanday bayramni nishonlaymiz?

Bolalar: - Navro‘z bayramini nishonlaymiz.

Boshlovchi: - Juda to‘g‘ri, Navro‘zni har yili zo‘r quvonch, katta tayyorgarlik bilan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan biri bo‘lib qolgan. Qo‘shiqlar  aytib, raqsga tushganlar. Xursandchilik qilganlar.

Karnay-surnay sadosi yangraydi. Beqasam chopon kiyib, beliga qiyiqcha bog‘lagan, oyog‘iga etikcha kiygan bola ot (butaforiya) minib zalga kiradi.

O‘quvchi: -  Ho-oy, bolalaru, bolalar!
Eshitmadim demanglar! Bugun bog‘chamizda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan katta sayl bo‘ladi. Hammangizni saylga taklif etamiz. (Jarchi chiqib ketadi).

Boshlovchi: - Voy, qanday yaxshi bolalar. Mana, biz ham saylda qatnashadigan bo‘ldik. Endi navbat, sizlarga. Marhamat bolalar!

1-o‘quvchi:
Biz bahorda chiqamiz,       
Dalalarga, bog‘larga
Dalalarda ochildi,
Gunafshalar, lolalar.
Gullolalar ochilgan,
                
2-o‘quvchi:
Bizga uchib kelishdi.
Mayna, bulbul, sa’valar.
Dalalarga, bog‘larga
Ko‘m-ko‘k maysazorga.           
    
1-o‘quvchi:
Bir tomondan qizchalar,
Gullar terib o‘ynashar.
Bir tomonda qushchalar,
Bizni qutlab sayrashar.

2-o‘quvchi:
Qo‘llarida soz bilan,                                                  
Bahorni kuting bog‘da, 
Bog‘ emas dala joyda
Gul-g‘uncha pardoz bilan.           
Uchib turna g‘oz bilan,
Qushlar sayralar chog‘da,
O‘lkamga bahor keldi.           
Sevimli bahor keldi.

Bolalar “Gullar” qo‘shig‘ini kuylaydilar. (J.Najmiddinov musiqasi). Qizlar qo‘lda gullar bilan raqsga tushadilar.

Boshlovchi: - Rahmat qizlar, juda chiroyli raqsga tushdingiz.

1-o‘quvchi:
Bahor keldi, gulbahor,       
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli
Etagida gul tutib.             
Kulishlaring chiroyli.
        
2-o‘quvchi:
Bizga intiq lolazor,                 
Qirlar bag‘rida kutib.            
Bog‘imizda   ochilib,
Turishlaring chiroyli

1-o‘quvchi:
Atrof to‘la har xil gul

2-o‘quvchi:
Hamma chiqar dalaga,
Chuchmomayu, binafsha   
Binafshalar tergani.
Bizning ko‘klamlar butkul
Chiroylidir hamisha.
Men ham terdim guldasta,
Onamizga bergani.

Bolalar tarafma-taraf bo‘lib, “Bizdan sizga kim kerak?” aytim-o‘yinini aytishuv tarzida kuylaydilar. (Y.Qurbonov she’ri, M.Nasimov musiqasi).
Shu payt momaqaldiroq gumburlaydi.

Boshlovchi: - Bolajonlar, eshitmayapsizmi, momaqaldiroq gumbirlayapti. Hozir yomg‘ir quyadi. Tezroq panaga o‘tamiz.

“Yomg‘ir-yog‘aloq” o‘zbek xalq bolalar qo‘shig‘ini kuylaydilar.

Boshlovchi: - Mana, bolalar yomg‘ir ham yog‘ib o‘tdi. Qarang, quyosh charaqlab chiqdi. Voy, eshik taqillayapti. Qaraychi kim ekan?
(Kamalak qizchani boshlab kiradi). Bolajonlar, Kamalakoy mehmon bo‘lib kelibdi. Kiraver, Kamalakoy!

Kamalak: - Assalomu alaykum, bolalar!

Hamma: - Vaalaykum assalom, Kamalakoy!

Boshlovchi: - Kelganing juda yaxshi bo‘ldi-da, Kamalakoy. Bizning bog‘chamizda Navro‘z bayrami sayli bo‘layapti. Bolalar, Kamalakning ko‘ylagiga qaranglar juda rang-barang ekan-a?

Bolalar: - Oq, qizil, sariq, yashil ... Lentasi ham turli rangda ekan.

Kamalak: - Sizlarni, Navro‘z - bahor bayrami bilan tabriklayman! Sizlarga gulchambarlar, tol bargidan sochbargaklar keltirdim, mana taqib olinglar.

Bolalar boshlariga gulchambarlar, sochbargaklarni taqadilar. Kamalak bilan birgalikda qo‘shiq kuylaydilar, o‘rtada ikkita qizi raqsga tushadi. 
“Qo‘shig‘imiz avjida” aytim-o‘yinini ijro etadilar. (G‘.Komilov she’ri, T.Azimov musiqasi).

Bolalar:
Qo‘shig‘imiz avjida,
Laylum-lalalum.
O‘rtaga tush Mavjuda,
Laylum-lalalum.
Bizlarga jo‘r bo‘linglar,
Laylum-lalalum.

She’r:  
“Chuchmoma”

O‘quvchi:
Xipcha belli ey, ko‘kat,
Qaysi bog‘ning gulisan?
Ochig‘ini bizga ayt,
Qay fasl sunbulisan?
Men o‘tloqning qiziman,
Onam bahor-chuchmoma.
Men bahor yulduziman,
Men - chuchmoma, chuchmoma!

“Baxtli erkatoy” hazil qo‘shig‘ini kuyladilar. (T.Toshmatov musiqasi).

Boshlovchi: - Bolalar, endi musobaqa o‘ynaymiz. Avval qizlar, so‘ngra o‘g‘il bolalar musiqaga mos raqsga tushadilar. Marhamat qizlar!

Kamalak:  - Qizlar ham, o‘g‘il bolalar ham musiqaga mos raqsga tushdilar. Rahmat, do‘stlarim. Endi men boray.

Shu payt patnisda ko‘k somsalar ko‘tarib, “Cho‘pon bola” kiradi.

Cho‘pon bola: - Assalomu alaykum!

Hamma: - Assalomu alaykum!

Cho‘pon bola: -  Meni tanimadingizlar-a? Men cho‘pon bola bo‘laman! Dadam, oyim va akalarim bilan anavi qirda yashaymiz, o‘sha yerda qo‘y boqamiz. Uzoqdan sizlarni saylga chiqqanligingizni ko‘rib qoldik. Oyimlar ko‘k somsalar yopib, sumalak pishirib, sizlarga berib yubordilar.

Boshlovchi: - Cho‘pon bola, sen juda vaqtida kelding-da. Mana, Kamalak ham shu yerda.

Cho‘pon bola: - Juda yaxshi. Hammamiz birgalikda ko‘k somsa yeymiz. “Chamangul gul” kuyi yangraydi. Hammalari gilamchaga o‘tirib, ko‘k somsa va sumalakdan tanovul qiladilar.

Kamalak: - Bolalar, sizlarga katta rahmat. Sayl menga juda yoqdi. Endi har yili Navro‘z bayramini sizlar bilan  birga nishonlayman. Xayr bolalar!

Cho‘pon bola ham xayrlashib chiqib ketadi.

Hamma: - Xayr Kamalak, xayr Cho‘pon bola!
Bolalar uchtadan, to‘rttadan, to‘p-to‘p bo‘lib, qizlarning boshlarida gulchambar, sochbargak quvnashib, sayl haqida gaplashib chiqib ketadilar.
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan