SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Bir o’lka bu – tuprog’ida oltin gullagan.

Bir o’lka bu – tuprog’ida oltin gullagan

(4-sinflar uchun)

Darsning maqsadlari:

a) ta'lim'iy: Vatanga muhabbat va milliy istiqlol tuyg'usini o’quvchilar ongiga singdirish. Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asari borasida, asardagi ma'naviyat - insonning ulg’ayish va kuch-qudrat manbai ekanligi to’grisida ularga tushuntirish.

b) tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ona yurtiga sadoqatli farzandlar bo’lib kamol topishlariga hissa qo’shish.

v) rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash va tafakkurini o’stirish. Dars usuli: bahs-munozara.

Darsning jihozi: Vatanimizning tarixiy shaharlari, qadimiy obidalar, mustaqilligimizdan so’ng bunyod etilgan go’zal maskanlar, bog’lar aks etgan fotosuratlar, bukletlar. Shoirlarimizning yurtimizni madh etib yozgan she'rlari, Vatan haqidagi hikmatli so’zlar, hadislardan namunalar.

Darsning borishi: Tashkiliy qism.

0'qituvchi:

Bir o’lkaki, tuprog’ida

                                           oltin gullaydi,

Bir o’lkaki, qishlarida

                                          shivirlar bahor,

Bir o’lkaki, sal ko’rmasa

                                    quyosh sog’inar,

Bir o’lkaki, g'ayratidan

                                      asabi chaqnar...

Aziz o’quvchilar! Bugungi darsimiz Vatan mavzusida bo’lib, mashg’ulotimiz davomida biz yurtimizning buguni, ertasi, kelajagiga nazar tashlaymiz. Mustaqillik tufayli qo’lga kiritgan yutuqlarimiz to’g’risida fikrlashamiz.

O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’quvchilar tomonidan ijro etiladi.

Oqituvchi: Vatan - bu bizning ota- bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz yashagan yurt. Qani, bolalar, siz ham so’zlarimga qo’shimcha kiriting-chi.

1-o'quvchi:    Vatan bu — biz tug’ilib o'sgan, kindik qo’nimiz to’kilgan zamin, bizlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazayotgan qutlug' maskan.

2-o’quvchi:    Vatan bu — bizning quvonchimiz va qayg'ularimizning guvohi bolgan serquyosh diyor.

3-o’quvchi:    Vatan bu — baxtiyor avlodlarimiz yashaydigan, kelajagi nurli yurt.

O’quvchilar jo’rlikda:

Men seni sevarman, onajon

Vatan,

Sen borim – borlig’im, keng

                                               jahonimsan.

Toabad omon bo’l, bo’lgin

                                        salomat,

Baxtimning taxtisan, pok

                                           imonimsan.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar! Vatan tabarruk maskan, ajdodlardan qolgan buyuk meros, aziz xotiradir. Shu bois Vatan deganda biz nafaqat mana shu yurt tuprog'ini, balki shu zaminda bo’y ko’rsatgan giyohdan tortib, uning daryo- yu soylari, barcha tog'u toshlarigacha, odamlaridan tortib, to eng mitti jonivorlarigacha ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. Aslida Vatanimizdagi oddiy xas ham, oddiy chag'ir tosh ham biz uchun muqaddasdir. Azaldan ajdodlarimiz yurt tuprog’ini ko’zlariga to’tiyo etgan, qayga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot kuchlardan, shum niyatlardan himoya qilgan. Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go'zal va muqaddas makon hisoblangan.

Shukrlar bo’lsinki, Mustaqillik tufayli milliy va ma'naviy qadriyatlarimiz tiklandi. Milliy marosimlarimiz, bayramlarimiz, xalqimiz ardoqlagan azaliy udumlarimiz xalqimizga qaytdi.

Mustaqil Respublikamizning ravnaq topishi bizning aqlu kamolimiz, bilim olish yo’lidagi intilishimiz va xulqimizga bog’liqdir. Demak, mustaqil Vatanga har jihatdan komil farzandlar kerak ekan.

Aziz o’quvchilar, bugungi darsimizn bahs-munozara tarzida o’tkazamiz. End esa ikki: «Barkamol avlod» va «Komi inson» deya nomlangan guruhga bo’linamiz va belgilangan shartlarn bajaramiz.

«Istiqlolga erishgan yurtim ta'rifi» deya nomlangan 1-shartni bajarishni «Barkamol avlod» guruhi boshlab beradi.

«Barkamol avlod» guruh a'zosi: ona Vatanda yashamoq ulkan baxtdir. Shuning uchun g'urbatda begona yurtlarda sarsonu sargardon bo’lgan zotlar Vatan dog’ini hech kimsaga ko’rsatmasin, deya nolayu faryod qilgan. G’ariblik dardini Alisher Navoiy bobomiz quyidagi ruboiysida, shunday tasvirlaydi:

Gurbatda g’arib shodmon

                                             bo’lmas emish,

 El anga shafiqu mehribon

                                             bo’lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil

                                                      gul bitsa,

Bulbulga tikondek oshiyon

                                                bo’lmas emish.

«Komil inson» guruhi a'zosi: Ha, to’g’ri. Umrining ko’p qismi Vatandan yiroqda otgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobom ham bu borada quyidagi misralarni bitgan:

Yod etmas emish kishini g'urbatda

                                                                   kishi,

Shod etmas emish ko’ngilni

                                                        mehnatda kishi.

Ko’nglim bu g’ariblikda shod

                                                          o’lmadi, oh,

G’urbatda sevinmas emish,

                                                                 albatta, kishi.

«Barkamol avlod» guruhi: Vatan ozod va mustaqil bo’lsa, uning bag'ri jannat boglaridek fayzli, odamlari baxtli bo’ladi. Shuning uchun Vatanning ozodligi va mustaqilligi uning har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir. Inson uchun ona yagona bo’lgani kabi, Vatan ham yagonadir.

«Komil inson» guruhi: Hurmatli Prezidentimiz: «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi. Ya'ni inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida yurtiga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi, degan edilar.

«Barkamol avlod» guruhi: Yurtboshimiz XX asr so’ngida istiqlol yo’lida milliy davlatchiligimizni tiklashda, uning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashida va huquqiy demokratik jamiyat asoslarini barpo etishda beqiyos xizmatlar qildi. Prezidentimizning izchil va qat'iy siyosati tufayli xalqimiz eng og'ir vaziyatlarda ham tanlagan yo’lidan qaytmadi, aksincha, hozir ham yuksak maqsadlarni ko’zlab olg'a intilmoqda.

«Komil inson» guruhi: O’zbekiston o’zi uchun demokratik rivojlanish, fuqarolik jamiyati qurish yo’lini aniq-ravshan belgilab olgandir va bu maqsad Konstitutsiyamizda muhrlab qo’yilgan.

«Barkamol avlod - Vatan tayanchi» deganda nimani tushunasiz?» deya nomlangan 2-shart bo’yicha guruhlar javobiari.

«Barkamol avlod» guruhi: Oquvchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, giyohvandlik kabi yaramas illatning oldini olish maqsadida va zamonaviy axborot resurslari, xususan, internet tizimidan keng foydalanish yo’lga qo’yildi.

«Komil inson» guruhi: Ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishni kundalik hayotimiz tarziga aylantirish bo’yicha qilinayotgan ishlar alohida ahamiyatga egadir.

O’quvchi yoshlar o’rtasida «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» kabi sport musobaqalarining bosqichma-bosqich o’tkazilib borilishini ham yurtimizda sportni keng ommalashtirishga berilayotgan katta e'tibor samarasidir, deb qabul qilish lozim.

Vatanimizning ravnaq topishida shu Vatanning har bir farzandi, o’sib kelayotgan barkamol avlod avvalambor, o'z oldiga bunyodkor g’oyalarni qo’ymogi  lozim.

«Barkamol avlod» guruhi: Xalqimizning bosh maqsadi - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekan, har birimiz «Shu ozod vatan uchun nima qildim, nima qilmoqchiman?» degan savolni o’zimizga beraylik.

Yurtimizning tinchligi, bugungi kunda har birimizning ogohligimizga bog'liq.

«Komil inson» guruhi: Men shu ozod va obod Vatanimda erkin va farovon yashayotganimdan faxrlanaman.

Vatanimni jondan, dildan sevib, kelgusida unga munosib komil farzand bo’laman.

Guruhlar klaster usulida Vatan so’ziga ta'rif beradilar.

                                                      Serquyosh o’lkam

 

Sevimli diyor                                 Vatan                                         Men tug’ilgan zamin

 

 

Ota makonim                                                                                   Muqaddas maskan

 

Oqituvchi: Ha, to’g’ri. Vatanimizni qanchalik sevsak, yurtimiz betakror va yagona ekanini yanada to’liqroq his etamiz. Darsimizni hurmatli Prezidentimizning «Shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha insonlar - millati, tili va dinidan qat'iy nazar, Ozbekiston - mening yagona Vatanim, deb yashaydigan, belini mahkam bog'lab astoydil mehnat qiladigan bo’lsa, bilib qo’yinglar, bizni hech qanday kuch yenga olmaydi. Yurtimiz va xalqimiz hech qachon hech kimga qaram bolmaydi», degan ajoyib so’zlari bilan yakunlamoqchiman.

Mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savollar:

1.«Mustaqillik bizga nima berdi?» degan savolga sizning javobingiz.

2.Vatanimizda ta'lim sohasidagi o’zgarishlar. Biz, o’quvchilarga yaratilgan sharoitlar.

3.Nima uchun yurtimizni faxru g'urur bilan kelajagi buyuk, hur O’zbekiston deya ataymiz?

4.Vatanga munosib farzand bo’lishimiz uchun qanday ishlarni amalga oshirmog’imiz kerak?

O’quvchilar savollarga javob berish asnosida Vatan haqidagi tushunchaning naqadar chuqur va teran ma'noga egaligini o’zlarining javoblari orqali bayon etishadi.

Dars yakunida g'olib guruhlar aniqlanadi va baholari e'lon qilinadi.

Uyga vazifa: «Mustaqillik uchun kurashgan ma'rifatparvar bobolarimiz» mavzusida referat tayyorlab kelish, Vatan haqida she’rlar yodlash.

 

MUNOJAT HUSANOVA

Toshkent tumani 10-maktab o’qituvchisi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan