Yosh avlodni O’zbekistonimiz tarixi,
uning boy madaniy me’rosi, respublikamiz
ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda shunday Vatanda yashashdan
faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish bizning sharafli burchimizdir. Buning uchun har bir tadbirda vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirishga yordam beruvchi omillardan mohirona foydalanish, shaxs
sifatida shakllanayotgan yoshlarni shaxsning
o‘zligini anglashga, xalq baxt-saodati uchun kurashuvchi qilib tarbiyalash, ularni halol mehnatga o‘rgatish
darkor.
«Vatanni sevmoq iymondandir» mavzusidagi ertalikning maqsadi ham, ahamiyati ham
Vatan tuyg‘usining muqaddasligini anglatishga yo‘naltirilgan. Ertalikni o‘tkazish uchun sog’lomlashtirish
oromgohi sahnasi chiroyli qilib bezatiladi. O‘zbekistonning davlat bayrog’i, gerbi, sahna to‘riga qo’yiladi.
Sahnadan O‘zbekistonimizning go’zal tabiati
aks ettirilgan rasmlar, yetishtirilgan noz-ne’matlar o‘rin oladi.
Ertalik murabbiyning kirish so‘zi bilan ochiladi:
- Ona vatanimiz - hur
O‘zbekiston! Istiqlol tufayli ochadi jamol
Insonlar dili
g‘urur va iymon, mehr oqibatda topmoqda kamol. Sahnaga o‘zga sayyoraliklarning fazoviy kemasi chiroqlarini
o’chirib, yondirib keladi va to‘xtaydi.
Undan ovoz eshitiladi:
-Men - Mars! Men – Mars! Meni
eshitayapsizmi? Kemaning quvvat olish qismi
ishlamay qoldi. Men bir notanish sayyoraga qo‘nishga majburman.
Kemadan ikki kishi tushib keladi. Ular sahnadagi
narsalarni, davradagi odamlarni ko‘rib, hayron bo‘ladilar.
1-mehmon:
Bu qaysi sayyora?
Olamning qaysi nuqtasi?
Nomi nedur?
Unda kimlar yashaydi?
O‘quvchi: Bu sayyora, Ona yerdir.
Yer va inson do‘stlashgan.
Jannat kabi go‘zal bu yurt,
Nomin aytadi sen eshit.
Bolalar jonli harflar bilan «O‘ZBEKISTON» so‘zini hosil qilishga kirishadilar:
O‘ - O‘zligini
topdi o‘zbek sunbulaning kunida,
Z - Zamon silsilasi qaytaraolmas maqsaddan.
B - Baxt-saodat kelar albat, ahil bo‘lsak, bizlarga
E - Yetuklikka intilamiz insoniylik burchimiz
K - Kamolot, ulug‘lik tomon
intilar xalqim.
I - Insonlar orzusi
ezgulik, axir.
S - Sabr-toqat,
iymon bo’lsa-da yo‘ldosh,
T - Tinch o‘tar
inson umri, baxt unga doim yo’ldosh.
O - Orzu
niyatlarimiz: tinch bo‘lsin butun jahon,
N - Nomi jahonda
jaranglar ona yurt - O‘zbekiston ! ! !
2-mehmon: Ofarin, ofarin! Yurtingiz va xalqingiz doimo
bo‘lsin omon.
Mehmon: Bu ne shodiyona, qanday tantana,
Nega
bunda barcha odam jamuljam?
O‘quvchi: Yurtimizda bayramlar ko‘p,
to‘ylar ko‘p,
Bag‘ri kenglik, mehmondo‘stlik xalqimizga xos
Mustaqil O‘zbekiston madhini kuylash,
Dilimizga nur, qalbimizga zo’r quvonch.
Mehmon: Vataningiz
ancha issiq,
Yuzingizda ajib
nur.
Menimcha, har
kuningiz,
Juda o‘tadi masrur
O‘quvchi: Serquyoshdir
vatanim,
Qalbimiz quyoshdan-da
iliqdir,
Shuning uchun har
kunimiz
Boshlanadi qo’shiqdan.
O‘zbekiston davlat madhiyasi ijro etiladi.
Mehmon: Yurtingiz
O‘zbekiston, juda go’zal bu makon.
Davlatingiz ramzlari, Ne bildirar qadrdon?
Xalqim, orzu niyati Dilga quvonch soladi.
O‘quvchi: Bayrog‘imiz dunyo
uzra, Yurtga dovrug‘
soladi.
Bayroqdagi to‘rt xil rang,
hamohangdir
birlikda.
Bir-birini
to‘ldirib, Maqsad sari
tenglikda.
Havo rang –
tinchlik demak,
Oq rangdir-poklik
ramzi
Yashil- yashnagay el
Qizil rang-hayot ramzi,
Yulduzlari doimo
sirli,
Ma’nolarni so‘zlaydi.
O‘n
ikki - bu o‘n ikki oy,
Tarixdan so‘zlaydi
Yangi chiqqan to‘lin
oy,
Har ko’zni o‘zga chorlar
Dunyoga ochamiz qo‘l
Dilga nur, poklik
solar.
Mehmon: Bayrog’ingiz dunyo bo‘ylab,
Hilpirasin, dovrug‘
solsin.
Yurt maqsadi,
oruzi,
O‘sib kamolga yetsin.
O‘quvchi: Tug’romizda
orzu,
Aks etgandir,
biling siz,
Xumo qushi yetaklar,
Maqsad sari biling siz.
Paxta bug‘doy chambari
To’kinlik, to‘kin
ramzi.
Quyosh, yulduz, suv
tog‘lar
Yashnagan yurt timsoli
Mehmon:
So‘zlaringiz dilimizni,
Ko‘nglimizni chog‘
qildi
Yurtingizga
mehringiz,
Bizni hayron lol
qildi.
O’quvchi: Yurtni
sevmoq bizlarga
To’marisdan merosdir.
Temur bobom o’gitlari
Durlar ichra olmosdir
Nomi
dunyoda mashhur,
Bobolarim
bor mening,
Ulug‘bek, Sino, Bobur
Navoiy - jonim mening.
Shoirlarim so‘zlaydi,
Vatan madhini a’lo
Ko‘ngillarning madhida
Mustaqillik bebaho
Shu yerda
bolalar shoirlarning ona-Vatanni, ulug’ovchi she’rlari,
qo‘shiqlaridan va Vatan haqida maqol, hadislardan namunalar o‘qiydilar.
Mehmon: Samo
uzra kemamiz,
Yo’l kezib qanot qoqdi.
Bu yurt, odamlar ichra
suzib,
Chin dildan bizga
yoqdi.
O‘quvchi: Sizlar hali biz bilan,
Ko‘p suhbat qurmadingiz,
Yurtim bo‘stonlarida,
Sayr qilib yurmadingiz.
Shundan so‘ng
bolalar sahnada davra aylanib, qo‘llaridagi O‘zbekistonning noz-ne’matlarini, gullarini namoyish
qilishadi. Ularni tavsif etishadi.
O‘quvchi: Poklik, oqlikni paxta,
Xalqim dilidan olgan.
Shuning-chun paxta Qadri,
Oltindan ortiq bo‘lgan.
Hamma o‘quvchilar: Qancha aytsak shuncha oz.
O‘zbekiston madhini,
Ko‘nglimiz
to’q zo‘r ishonch,
«Vatan
-barchamizniki»!
Shu yerda fazoviy kemaning
chiroqlari yonib, shu’la socha boshlaydi.
Mehmon: Ey, aziz insonlar,
baxtlisiz doim, shunday yurt, shunday el ichrasiz doim, sizning sururingizdan, ko‘nglimiz to‘ldi. Ona - yurtga mehringizdan, serquyosh yurtingizdan, quvvat olib ketamiz, uchishga tayyor bo‘ldi.
Mehmonlar: Xayrlashamiz! Qolar omad siz bilan,
Yashnasin el!
Qolar iymon siz bilan
O‘quvchilar: Biz
o‘zbeklar mehmonlarni ulug‘ ko‘ramiz,
Yerga
tashrifingizni qutlug‘ bilamiz,
«Oq yo‘l»
deymiz ko‘ksimizda qo‘limiz.
Mehmonlarga
doim ochiq uyimiz.
Murabbiyning xotima
so‘zlari bilan ertalik yakunlanadi:
Aql, boylik bergan bilan kamaymas,
Vatan madhin aytgan
bilan tugamas.
«Sog‘lom avlod»
o‘zligini xor qilmas,
El-yurtin ulug’lagan aslo kam
bo‘lmas!
Rahmat, aziz bolajonlar! Elu yurtimiz
baxtiga doimo sog‘-salomat bo‘linglar.
Oromgohlarda bu
kabi ertaliklarni o‘tkazib borish o‘quvchilarda ona - Vatanga mehr-muhabbat,
undan faxrlanish tuyg‘usini orttiradi.
X.S.Boqiyeva