SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242627282930
Sog‘lom avlod orzulari

Tantana oromgoh  zalida o‘tkaziladi. Sahna milliy an’analariga xos bezatilgan. Bolalar  musiqa sadolari ostida sahnaga chiqadilar.

 

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz  va mehribon ustozlar-u,  hurmatli ota-onalar!

 

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, sho’x-shodon  bolajonlar.

 

  1-boshlovchi:  Xush kelibsiz, mehmonlar

Assalom sizga,

Tabarruk insonlar,

Ming ta’zim sizga

Qo’llarim ko’ksimda,

Dildan ehtirom,

Mo‘tabar murabbiy,

Sizga ming salom

 

2-boshlovchi:                Assalom, mustaqil O‘zbekistonim!

Assalom, qudratli, nurli bo‘stonim.

Erk va ozodlik muborak bo‘lsin!

Bizdek farzandlaring doim bor bo‘lsin.

 

1-boshlovchi: O‘tgan yillarimizni birma-bir eslab ko‘raylik-chi. Shu yillarda nimalarni biz ko‘rgandik. Aytishadi-ku «Yoshlikda o‘rgangan bilim toshga o‘yilgan naqsh» kabidir.

 

2-boshlovchi: Avvalambor, Vatanni sevishga o‘rgandik. Vatan bu insonning kindik qoni to‘kilgan joyidir. Vatan avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz yashab o‘tgan, biz tavallud topib ulg‘aygan, hayot kechirayotgan diyorimizdir.

Barcha nelarga javob izlaymiz,

Olam sirlarini yechamiz albat,

Ilmu-ma’rifatla bo‘lmoq istaymiz

Bizni Vatan kutar, buyuk kelajak

 

«Vatan»  haqida qo‘shiq  ijro etiladi

 

O‘quvchi:                   Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,

Qiyosingni topmadim aslo.

Shoirlar bor o‘z yurtin butun,

Olam aro atagan tanho.

Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq,

Qanotida kumush diyori.

Bir o‘lka bor dunyoda biroq,

Bitilmagan dostondir bori,

Faqat ojiz qalamim manim,

O‘zbekiston Vatanim manim

 

Tamg‘a, bayroq ko‘targan bolalar sahnaga chiqadi.

 

                     Bayrog‘imda yulduzlar bor, oylar bor,

Yashil rangda yashnab turgan joylar bor,

Oqligida oppoq tilak, o‘ylar bor,

Xilpiragan sayin ko‘zim quvnaydi,

Yurtimizni dadil olg‘a boshlaydi.

Tamg‘amiz bor juda ko‘rkam,

Yashnab turar xuddi ko‘klam,

Bir yon paxta, bir yon bug‘doy,

Vatan bizga aziz makon.

Ko‘rganingiz ikki daryo,

Ana Sir va Amudaryo,

O‘rtadagi xumo go‘zal,

Baxt timsoli erur azal,

Oy-u, yulduz parvonadir.

 

Hamma:                      O‘zbekiston yagonadir.

 

1-o‘quvchi:                 Oilada eng mo‘tabar zot,

Farzandiga u baxt va najot,

Tursin endi turmushga hayot,

O‘zbegimning go‘zal ayoli.

 

2-o‘quvchi:                 Gul yuziga yarashar holi,

Doim boshda turar ro‘moli,

Farzandida baxti, iqboli,

O‘zbegimning go‘zal ayoli.

 

3-o‘quvchi:                 Sarishtadir har qilgan ishi,

Yo‘q farzanddan o‘zga tashvishi,

Bu dunyoda eng ulug‘ kishi-

O‘zbegimning go‘zal ayoli

 

4-o‘quvchi:                 Qizi bor uyning fayzi bo‘lak, deydilar

Uyimizda o‘g‘il yo‘q deb o‘ksinmang,

Tog‘ bo‘lmasa, qir ham tirgak deydilar,

Elning baxti botirlarga yoz bo‘lsin,

Shahnozalar, Faridalar bor bo‘lsin!

 

«O‘zbek qizlari» raqsi ijro etiladi.

 

Tanbur nolasi eshitiladi. Sahnaga buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Ulug‘bek, Al-Buxoriy, Al-Xorazmiy, Cho‘lpon siymosidagi bolalar paydo bo‘lishadi.

 

O‘quvchi: Ajdodlarimiz – faxrimiz. Bizning Vatan botirlar vatani, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi kabi botirlar vatanidir.

 

Amir Temur:               Men kim, mulki Turonman,

                                                   Amiru Turkistonman,

O‘tsa hamki asrlar,

Qadrimga yetdi avlod,

Tanitib jahon ichra,

Pok ruhimni etdi shod

O‘quvchi:                   Siz Amirsiz, Siz Temursiz, jahongir sulton

Imondirsiz, vijdondirsiz, siz aziz inson,

Qalblararo ko‘tarmoqda ruhingiz isyon,

Sizday mard zot tug‘ilsa deb, umidvor jahon,

Temur bobo, nomingizni yod etajakmiz,

Olamaro ruhingizni shod etajakmiz.

 

1-o‘quvchi:                             Al-Buxoriy, At-Termiziy hazrat bizga,

Ulug‘beku, Al-Farg‘oniy savlat bizga,

Temur bobo, Manguberdi davlat bizga,

Ona xalqim, dono xalqim, bizga inon!

 

2-o‘quvchi:                 Yurtning do‘stiga ochiq bag‘ri bag‘rimizdir,

Alpomishning yovga qahri qahrimizdir,

Navoiyning turkiy tili faxrimizdir. 

Ona xalqim, dono xalqim, bizga inon!

Ajdodlarimiz ta’zim bajo aylab, sahnadan chiqib ketishadi.

 

Sho‘x kuy taraladi.

 

1-boshlovchi:         Ibn Sino bobo ushalar davo.

-            Hom suv ichma, sog‘liqdan kechma.

-            Yeb bo‘lgach ovqat, yugurma faqat.

-            Ko‘p dardga asos, shamollash halos.

-            Badantarbiya, kuch etar hadya.

-            Kim harakatda sog‘lom albatta

 

Sahnaga sport musiqalari ostida qatnashadigan bolalar chiqadilar.

- Biz karate bo‘yicha jahon chempioni bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘ini yanada yuqori ko‘tarmoqchimiz.

Mashqlar bajarib ko‘rsatadilar.

 

2-boshlovchi: Biz bir qator fanlarni o‘rganib savodxon bo‘ldik.

 

1-o‘quvchi:                 Matematika har yerda kerak,

Uni bilish uchun o‘qish ham kerak.

Ko‘paytira olmasang ikkini uchga,

O‘rganganlaring chiqadi puchga.

 

2-o‘quvchi:                 O‘zbek tilim jonu dilim

Chunki bu til – ona tilim

Ega, kesim, ot, sifat, fe’l,

Gap tahililin o‘rgandim men

 

3-o‘quvchi:                 Musiqa tadbiri biz uchun

Eng quvonchli tadbir edi

Chunki bizni san’atga

Ustozim olib kirdi

 

Bir qancha bolalar«Ulug‘ zot, Ustoz» degan mazmunda she’rlar o‘qishadi. Yana bir qanchalari «Jannat onalar oyog‘i ostidadir» mazmunida o‘z onalarini she’riy tarannum etishadi. Sho‘x kuylar yangraydi. Ustozlar bilan bolalar raqsga tushishadi.

 

M.I.Toshpo‘latova 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan