Bizning
me’moriy obidalarimiz.
Maqsadi: O‘zbek xalqining milliy an’analari,
qadriyatlari, urf-odatlarini o‘rgatish orqali yoshlarni milliy g‘ururini
Vatanga sadoqatini hamda o‘zgalar mehnatini qadrlashga o‘rgatish.
Vazifasi:
1) Tadbirni
o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish;
2)
O‘quvchilarning nazariy bilimlarini qiziqarli savolnomalar, testlar, “To‘g‘ri
va chaqqon” bajarish o‘yinlari orqali aniqlash.
3)
O‘quvchilarni amaliy bilimlarini naqsh elementlarini farqlash, turlarga
ajratish va chizish malakalarini shakllantirish.
4) Kasb va
hunarni madh etuvchi she’r, ashula, rivoyat, hikoyatlar tayyorlash va ijro
etish;
5) Tadbirda
faol qatnashgan va g‘olib chiqqan o‘quvchilarni rag‘batlantirish va taqdirlash.
Mavzu: «Bizning
me’moriy obidalarimiz»
Tayyorgarlik
bosqichi:
O‘tkazish
vaqti: .
O‘tkazish joyi:
.
Ishtirokchilar:
Tarbiyachilar, metodistlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul va
o‘quvchi-yoshlar.
Jihozlash:
1. Me’moriy
obidalarimizga oid ko‘rgazmali materiallar tashkil etish; (maketlar,
foto-albomlar, slaydlar, qisqa metrajli kinofilmlar va boshqalar).
2. Texnik
vositalar: mikrofon, kompyuter jihozlari, fotoapparat, videotaqdimot
(prezentatsiya), xontaxta, stol, stul va boshqalar.
3. Ko‘rgazma
qurollari: ota-bobolarimiz tomonidan shahar va qishloqlarimizda bunyod etilgan
me’moriy obidalarning fotosuratlari, o‘quvchi-yoshlar tomonidan yasalgan
me’moriy yodgorliklarning maketlari, kitoblar, albom va bukletlar, plakatlar,
shiorlar, hikoyalar.
4. Chizish
uchun oq qog‘oz, qalam, o‘chirg‘ich, sirkul, akvarel bo‘yoqlari, guash,
mo‘yqalamlar, suv, suv uchun idishlar, palitra va boshqalar.
Asosiy bosqich:
Sahna ekranida mumtoz
musiqa ijrosida tadbir mavzusi va taqdimoti namoyish etiladi.
1-boshlovchi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul sahnaga chiqib tadbirni milliy ma’naviyatimizni madh etuvchi she’r
yoki kirish so‘zi bilan ochadi.
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: - Assalomu alaykum, hurmatli o‘quvchilar, aziz ustozlar va qadrli
ota-onalar. Bugungi o‘tkaziladigan o‘quv-tabiyaviy tadbirimizning mavzusi
«Bizning me’moriy obidalarimiz» deb nomlanadi. O‘zbek xalqining milliy san’ati
va an’analari, ma’naviy va moddiy merosimiz asrlar davomida shakllanib, jahon
madaniyatining rivojida, taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etib
kelayotganligi barchamizga ma’lum. Tadbirni tashkil etishdan maqsad
o‘quvchi-yoshlarimizning san’atimiz, milliy an’analarimiz haqidagi bilimlarini
sinab ko‘rish va ijodkorlarni, g‘oliblarni taqdirlash.
Tarbiyachi
tadbir qatnashchilarini 6 nafar o‘quvchilardan iborat 3 ta guruh bilan
tanishtiradi.
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: - Men ularni sahnaga taklif etaman, marhamat. (gulduros qarsaklar
ostida kirib kelishadi).
1-guruh sardori .
a’zolari .
2-guruh sardori .
a’zolari .
3-guruh sardori .
a’zolari .
Tadbir
shartlari:
1. Mavzu asosida nazariy bilimlarini testlar bajarish orqali aniqlash.
2. Me’moriy obidalarning fotonusxalari orqali obidalar nomini, qaysi shaharda joylashganini
aniqlash va tarixi haqida ma’lumot berish.
3. Mustaqil ijod (me’moriy obidalar tasvirini chizish).
4. Badiiy chiqish (she’r, monolog, hikoya, qo‘shiq,
raqs va b.)
«Bizning me’moriy obidalarimiz» mavzusidagi
o‘quv-tarbiyaviy tadbirimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlarimiz bilan
tanishtiramiz:
.
. Bugungi ko‘rik-tadbirni baholab boruvchi hakamlar
hay’ati bilan tanishtiraman. Hakamlar hay’atining raisi ________________
Hakamlar
hay’ati a’zolari: ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha muovini:
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: Dastlab guruh a’zolarining taqdimot chiqishlarini e’lon qiladi.
Bunda har bir guruhlar bir-birlarini
bayram bilan tabriklashadi (tabrik so‘zi, maqol, rivoyat, hikmatli so‘zlar va
boshqalar bo‘lishi mumkin). Bu jarayon
bir guruh uchun 3 daqiqa. (Natijasi shartlar tugagandan so‘ng e’lon qilinadi).
Hakamlar
hay’ati taqdimot chiqishlarni baholagunga qadar navbatni musiqali tanaffusga beradi.
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: 1-shart: Test savollariga javob berish. Ushbu shartda har bir
guruhning ishtirokchilari qatnashib, 4 tadan test topshirig‘i savollariga
(yozma yoki og‘zaki) javob berishadi, har bir test topshirig‘iga 4 tadan
javoblar berilgan, shulardan to‘g‘ri javobni belgilashadi (bu jarayonga 3
daqiqa vaqt beriladi).
Hakamlar
hay’ati shartni baholagunga qadar navbatni musiqali tanaffusga beradi. So‘ngra
baholar e’lon qilinadi.
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: 2-shart amaliy mashg‘ulotda har bir guruhdan 6 nafar ishtirokchi 20
daqiqa davomida o‘zlari tanlab olgan fotonusxalar, ya’ni me’moriy obidalarning
fotonusxalari orqali obidalar nomini, qaysi shaharda joylashganligini aniqlaydi
va tarixi haqida ma’lumot beradi (Natijasi shartlar tugagandan so‘ng e’lon
qilinadi).
Hakamlar
hay’ati shartni baholagunga qadar navbatni
musiqali tanaffusga beradi.
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: 3–shart: Mustaqil mavzu bo‘lib, bunda ishtirokchilar me’moriy
obidalarning fotonusxalarini ko‘rib, tasavvurlari orqali me’moriy obidaning
tasvirini chizadilar. (Ushbu jarayon 60 daqiqa davom etishi mumkin).
Hakamlar
hay’ati shartni baholagunga qadar har ikkala guruh qo‘shimcha ijodiy sahna
ko‘rinishi taqdim etadi.
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: 4–shart: badiiy chiqish (she’r, monolog, hikoya, qo‘shiq, raqs va
b.). Har bir guruh qatnashchilari tayyorlagan badiiy chiqishlarini she’r,
monolog, hikoya, qo‘shiq va raqs turlari bo‘yicha namoyish etadilar. (Natijasi
shartlar tugagandan so‘ng e’lon qilinadi). Hakamlar hay’ati shartni baholagunga
qadar navbatni musiqali tanaffusga beradi.
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: Hurmatli o‘quvchilar, aziz
ustozlar va qadrli mehmonlar. Mana bugungi «Bizning me’moriy obidalarimiz»
mavzusida o‘quv-tarbiyaviy ko‘rik-tadbirimizning uchala guruh qatnashchilaridan
iborat iqtidorli va ijodkor o‘quvchilarimizning bilimlari va qobiliyatlari
sinab ko‘rildi. Imkon qadar barcha guruh a’zolarining o‘z jamoalari bilan
birdamlikda, ahillikda va qizg‘in bahslarda o‘zaro hurmatdagi harakatlari
guvohi bo‘ldik. Belgilangan shartlar bo‘yicha umumiy baholarni e’lon qilish
uchun so‘z Hakamlar hay’atining raisi ________________ga beriladi. Marhamat!
Hay’at raisi: Mana, hammamiz o‘quvchilarni
barcha shartlar bo‘yicha chiqishlarini tomosha qildik. Har bir guruh
qatnashchilarining sahnada o‘zlarini tutishi, mazmunli she’r o‘qish, ashula
ijro etishi, sahnali ko‘rinish, hamda mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy
bilimlari, ko‘nikmalari inobatga olgan holda baholandi. Hay’at a’zolari qarori
bilan bir ovozdan
(Umumiy baholar tantanali musiqa ostida e’lon
qilinadi).
1- o‘rin . guruh jamoasi
2- o‘rin . guruh jamoasi
3- o‘rin . guruh jamoasi
G‘olib guruh va faol qatnashgan bolalar
gulduros qarsaklar ostida taqdirlanadilar.
2-boshlovchi,
Tarbiyachi: Yakunlovchi so‘z ma’naviy va
ma’rifiy ishlari bo‘yicha rahbar muovini: ga .
– Bugungi yoshlarimizning bilimi, salohiyati,
kuchi-qudrati, madaniyati va ma’naviyati kelajagimiz poydevoridir. Mustaqil
Vatanimiz poydevorini bundan ham mustahkam va qudratli bo‘lishida
ko‘rik-tadbirda qatnashgan va barcha yoshlarga sog‘lom hayot, sog‘lom g‘oya va
ilmiy-ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Barcha
ishtirokchilarga rahmat.