1 oktabr
ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan bayram tadbirining ssenariysi.
Zal bayromona tarzda bezatilgan. Musiqa
sadolari yangrab turibdi. Dastur boshlanishi e’lon qilindi. O`quvchi qizlarning
raqsi asosida bayram dasturi ochib berildi. Sahnaga qator o`quvchilar chiqib
keladilar.
(Boshlovchilar musiqa ostida sahnaga kirib
keladilar)
Yigit:
Qalbimda ehtirom, bitayin daston,
Aziz ustoz sizsiz mehribon
Hayotim kitobin yoritib turar
So`zingiz shiordir bizga har qachon.
Qiz:
Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz
Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz
Jamiyatda munosib o`rin olgaydir
Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz
Yigit:
Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri ummon,
shirin so`zlim sharafli, lekin mashaqqatli kasb egalari bo`lgan aziz ustozlar.
Yuzu ko`zida yaxshilikning nurlari taralib turgan, ota-onamizdek qadrnon
zotlar.
Qiz:
Assalomu alaykum ko`zlari mehrga, so`zlari
bolga to`la, farzandlarining tashvishlarini unutibm bizlarning tavshishimizni
qilgan, kelajagimizni o`ylagan fidoiy kasb egalari bo`lgan shirinso`z ustozlar.
Yigit:
Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini
tayyorladik. Siz biz uchun har lahzada kuyib-pishasiz. Shu boisdan ham bayram
dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.
Ustozning ko`nglini aylagan obod,
Bir kuni bo`lg`usi o`zi ham ustod
Qiz:
Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak
shuncha kamdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu sharafli kasb
egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat
tusiga aylandi. Shu boisdan ham biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda
aziz ustozim” deb nomladik.
Mehnating el ichra bo`ldi qadrdon,
Ey aziz ustozim bo`lgin sog`-omon
Yigit:
Ustoz. Bu so`zning zamirida olam-olam ma’no
bordir. Bu so`zning zamirida sharaf tursada, uning ortida mashaqqatli mehnat
yotadi.
Qiz:
Bugun barcha madhlaru, barcha kalomlar faqat
sizlar uchundir aziz ustozlar. Keling
hozir shogirdlaringizni sizni madh etuvchi she’rlarini tinglasak. Marhamat
tinglab baho bering.
(She’rlar)
Yigit:
Dunyoda muallim bo`lmasa agar
Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar
Qiz:
Kimki bu hayotdan olmasa ta’lim
Unga o`rgata olmas hech bir muallim
Yigit:
Insoniyat aqlini tanigan zamondanoq
ta’lim-tarbiyaga muhtoj bo`lib kelgan. Insonning bu ehtiyojlarini esa siz kabi
aziz ustozlar qondirib kelgan. Sizlarga har qancha ta’zim qilsak ham kamdir.
Qiz:
To`g`ri aytasan. Qadim-qadim zamonlardan buyon
ustozlar el ichra sharafli kasb egalari bo`lib kelgan. Keling hozir ustozlar
haqida hikmatli so`zlar eshitsak.
Hikmatli gaplar
Yigit:
Sizdan boshlanadi asli tafakkur,
Ey aziz ustozim sizga tashakkur
Qiz:
Sizdadir qanoat, sizdadir bardosh
Mehringizdan olar nurini quyosh
Yigit:
Siz yurgan yo`llar ham bo`lgaydir gulzor
Siz bizga hamisha bo`lib madadkor
Qiz:
Sizgadir ehtirom, sizgadir e’zoz
Nomingiz dillarda mehribon ustoz
Yigit:
Navbatni go`zal qizlarimiz ishtirokidagi raqsga
bersak
Qiz:
Marhamat. Qizlarimizni davramizga taklif
etamiz.
(Boshlovchilar musiqa ostida chiqib ketadilar)
Raqs. Nayladi.
Yigit:
Ba’zida dilingiz og`ritib qo`yib,
Uzrni aytmaymiz qadrdon ustoz
Shunda ham bizlarni kechirib ketib
Yuksaklikka bizni etasiz parvoz
Qiz:
Qalbingiz beg`ubor aziz ustozim
Avflar etasiz xatolar qilsak
Bir kulib, mayliga deya qo`yasiz
Agarki biz sizni ranjitib qoysak.
Navbatni ustozlarimizga atalgan sahna
ko`rinishiga beramiz.
(Sahna ko`rinishi )
Yigit:
Madhingiz kuylasam yayraydi dilim
Nomingiz tushurmas hech also tilim
Sizdan o`rgandimku aziz ustozim
Ne ekan bu hayot, ne akan bilim
Qiz:
Partalar oralab o`tar umringiz
Daftarni qaralab o`tar umringiz
Aylanib ketganku mehr bog`iga
Ustozim ko`nglingiz, sizning ko`nglingiz
Yigit:
Yana navbatni ustozlarimizni madh etuvchi
she’rlarga beramiz.
She’rlar
Ekranda ustoz haqida slayd ketadi.
Qiz:
Bugungi bayram dasturimizda xotiraga ham
e’tibor qaratganmiz. Hozir shu xotiraning bir qismini ko`rsatib bermoqchimiz.
Ilohim o`tgan ustozlarimizning ohiratlari obod, joylari jannatda bo`lsin
O`quvchilar tomonidan sahna ko`rinishli raqs
ijro etiladi.
Yigit:
Kayfiyatlarimizni ko`tarib olish maqsadida
navbatimizni sinfimizning yigitlariga beramiz
Qiz:
Marhamat yigitlar sizlarning ham hunarilani bir
ko`raylik.
Yigitlarning chiqishi
Yigit:
Ustozlar el ichra topgaydir qadr
Doimo shogirdlar ehtiromida
Bayram tabrigini eting siz qabul
Go`zal qizlarimiz sho`x xiromida
Qiz:
Dilingiz aylasin bu qizlar xushnud
Unuting bir lahza tashvish- g`amlarni
Ilojin topsangiz siz ham qo`shilling
Yayrasin bu dillar, tashlab kamlarni
Raqs. Oyqiz
Yigit:
O`z elini ulug`lagan buyuk inson, ketdi yo Rab
To`y boshlagan diyorini etib hayron, ketdi yo
Rab
Yutuqlardan quvonchini yuragiga sig`dorlmay
Yaratga aytmoq uchun ulug xoqon, ketdi yo Rab
Qiz:
Omon boring buzrukvorim, rizo bo`ling
xalqingizdan
Sizga loyiq bo`lgan har bir mard o`g`lu-
qizingizdan
Unutmaymiz sizni also ko`zdek asrab shu Vatanni
Ming rozimiz, ming rozimiz, ming rozimiz ota
sizdan.
Yigit:
Aziz do`stlar barchamizga ma’lumki, boshimizga
og`ir musibat tushdi. Mustqalligimiz asoschisi, bizning birinchi prezidentimiz
Islom Abdug`aniyevich Karimov bu yorug` olamni tark etdi. Lekin u bizga shunday
jannatmakon yurtni barpo etib ketdilar.
Qiz:
Endi biz ularning ruhi shod bo`lishi uchun ilm
sirlarini egallab, Vatanimizni yanada yuksaklarga ko`tarishimiz kerak. Hozir
shu insonni yod etish maqsadida o`quvchilarimiz tomonidan yana bir xotira qismi
tayyorlangan
Yigit:
Keling shu qismni ko`rishdan oldin biz yoshlar
shu ulug` insonni yod aylab bir necha soniya sukut saqlaylik.
Qiz:
Ilohim yurtboshimizning ohiratlari obod,
joylari jannatda bo`lsin.
Kichkina o`quvchilar she’r aytadi
Islom + Gulnoza she’r aytadi
O`zbekiston qo`shig`i yangraydi.
Yigit:
Aziz ustozlar va bayramimiz tamoshabinlari
shuning bilan bugungi bayram dasturimiz o`z nihoyasiga yetdi. O`ylaymizki
ozgina bo`lsa ham sizni shod eta oldik.
Qiz:
Bugun biz 9- B sinf o`g`il-qizlari siz uchun
xizmatda bo`ldik. Tadbiriiz sizga ma’qul bo`ldi deb o`ylaymiz. Kelganingizdan
boshimiz ko`kka yetdi.
Файл номи | Ҳажми | 1-Oktabr_ustoz_va_murabbiylar_kuniga_ishlangan_bayram_tadbirining_ssenariysi._Bonu.docx | 19.0 КБ | Кўчириб олиш |