ШАХСИЙ КАБИНЕТГА КИРИШ
.
ССЕНАРИЙЛАР
Бирорта ҳам ссенарий топилмади!
АРХИВ
Ноябр 2019
ЯкДуСеЧоПаЖуШа
     12
3456789
101112141516
17181920212223
24252627282930
ФОЙДАЛИ САЙТЛАР
Munosib yashashning 10 ta qoidasi

Munosib yashashning 10 ta qoidasi

Hammaga yashash uchun 24 soat beriladi. Hayot mana shu — bizga berilgan lahzalar sarhisobi. To‘g‘ri, u qisqa. Ammo qadriga yetib, o‘tkinchi hayotning mohiyatini tushunib oqilona yashalsa, bu — bir marta huzurlanib yashash uchun yetarli fursat. Garchi hayot yillar bilan o‘lchansa ham, biz umr deganda baxtli daqiqalar, go‘zal xotiralarni eslaymiz.

Aytishadiku, bir kunlik umrda ham bir asrlik hayot kechirsa bo‘ladi. Buning uchun esa quyidagi qoidalar ham yordam beradi.

1. 24 soatni faqat o‘zingga sarflama.

Boshqalar uchun qayg‘urish, boshqalarga dalda bo‘lish va boshqalar bilan fikrlashishni kanda qilmagin. Hayotingda ma’no yo‘qligini sezgan kuning atrofga boq va odamlarga yordam qo‘lini cho‘z. Bu yaxshiliging yashashing uchun sabab bo‘ladi.

2. Hayot siz uchun nimani anglatishini aniqla.

O‘zingizning hayotdagi so‘nggi yillaringizda tasavvur qiling. Bu — hayot! Va siz o‘sha mahalda o‘tgan umringizni qanday tasavvur qilib, nima deb izohlagan bo‘lar edingiz? Hayot — go‘zallik, muhabbat, jo‘shqinlik, yaratuvchanlik va qiziquvchanlik mujassam bo‘lgan muqaddas ibodatxonadir. Ibodat esa — ezgu amal va ezgu fikrni anglatadi.

3. Kelajakda yashashni bas qil.

«Bir kuni», «vaqtim yoki imkonim bo‘lganida» degan rejalar ko‘payib ketsa, bir zumga to‘xtang va o‘zingizdan «nimaga hozir yoki bugun emas?» deb so‘rang. Hayot afsuslar bilan uyg‘onish uchun qisqalik qilishini his eting. Har kuni sizga tirikligingizni eslatadigan biror ish qiling.

4. Ko‘proq baxtiyor va samimiy odamlar davrasida bo‘l.

Ular hayotni boshqalarga qaraganda yaxshiroq his qilganlari uchun ham, uni yorqinroq ko‘radilar. Siz ham ulardan ijobiylikni o‘rganing. Unutmang, yo‘qotilgan vaqt — biz yashay olmagan daqiqalardir.

5. Dardga matonatli bo‘l.

Og‘riq va qayg‘ular umrimizning kunlarini o‘g‘irlaydi xolos. Hayot sizga limon otganida, siz undan limonad tayyorlang. Aytishadiku, sinovlarga seni kuchsiz qilishlariga yo‘l qo‘yma. Aks holda, hammasini yana boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi.

6. Shuuringga diqqat qil.

Shunda undagi istaklar so‘zga aylanadilar. So‘zlaringga diqqat qil — ular harakatga aylanishadi. Harakatga ergashsang — u odatga aylanadi. Odatlarga diqqat qil, shunda fazilat shakllanadi. Fazilat esa — sening taqdiringdir.

7. Odamlarni kechir va ularni sev.

Inson tirik mavjudotlar orasida kuchli quvvat manbaiga ega jonzot. Bu quvvatni u ma’naviy ildizlardan oladi. Buning yo‘li esa shoshib chiqarilgan xato xulosalarni rad qilish. Kimnidir yomon ko‘rish, kimdandir nafratlanish, bu — bizni oxir-oqibat dushmanidan qo‘rqqan, himoyaga muhtoj odamga aylantirib qo‘yadi. Himoya esa yashash emas, yashashdan qochish degani.

8. O‘z-o‘zingga hayot sabog‘ini berishga odatlan.

Yashash — muntazam qilingan xatolarning xulosasi. Modomiki, xulosa yo‘q ekan, yashab ham bo‘lmaydi. Boshi devorga tegib ham saboq chiqarmayotgan erkak esa chindan-da qashshoq va baxtsizlikka munosib.

9. Tavakkal qilishga odatlan.

Bu — o‘zini hayotning eng yaxshisiga munosib ko‘rish degani. Hayot ishora va belgilar yordamida bizga doimo «Kel, ichkariroq kir!» deydi. Ammo ko‘pincha biz uning suratini olamizda, so‘ng qo‘rqib orqaga tisarilamiz.

10. Har daqiqa senga aziz insonlarni qadrla va himoya qil.

Ish, bu — hayot degani emas. Ota-ona, do‘stlaring uchun ham yasha. Ayniqsa, ota-onangni aziz bilib, xizmatlarini qil. Shekspir aytganidek, ota-onaning ovozi — Yaratganning ovozi. Farzand uchun ular jannat yo‘lboshlovchilaridir.

Munosib va baxtiyor umr barchamizga nasib qilsin!

 

 

 

Кўчириб олишни хоҳласангиз, сайтга аъзо бўлининг ёки фойдаланувчи номи остида киринг.

Ҳозиргача ҳеч ким фикр билдирмаган!
Agar fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, saytga a’zo bo‘ling yoki a’zo sifatida kiring
Сайт “OPEN WEB” томонидан тайёрланган