
Anemiya
yohud kamqonlik
Anemiya yoki
kamqonlik – qonda eritrotsit (qizil qon tanachalari) va gemoglobin miqdori
kamayib ketishi bilan kechadigan kasallikdir. O`smirlik davrida temir moddasi
yetishmasligidan bo`ladigan kamqonlik ko`p uchraydi, bunga rivollanayotgan
organizmda temir moddasining ko`proq o`zlashtirib olishi sabab bo`ladi. Bundan
tashqari inson meda-ichak, jigar kasalliklari, birdaniga ko`p qon ketib
qolishi, yoki oz-ozdan bo`lsa ham, surunkasiga qon ketib turishi (ya’ni odam
jarohatlanganda, burni, o`pkasi, me’dasi, bavosil tugunlari, bachadon va boshqa
joylardan qon ketishi), yaxshi ovqatlanmaslik va ovqatning organizmda yaxshi
o`zlashtirilmasligi, ovqatda vitaminlar, ayniqsa vitamin B12 tanqisligi, turli
yuqimli kasalliklar, gijja kasalliklari yoki organizmni holdan toydiruvchi
surunkali kasalliklar, ba’zi dori moddalar, qo`ziqorinlar, zaharlar bilan
zaharlanish ham kamqonlikka sabab bo`lishi mumkin. Bunda inson darmonsizlanib,
tez charchaydi, boshi aylanadi, ba’zan xushidan ketadi, jismonan zo`riqqanda
organizmda kislorod yitishmasligidan harsillaydi, yuragi tez-tez uradi.
Kamqonlik sezilarli darajada bo`lganda teri qoplamlari va shilliq qavatlar
oqarib rangpar bo`lib qoladi. Maktab o`quvchisi sifatli ovqatlanishi, tarkibida
temir moddasi ko`p bo`lgan ovqatlar (mol go`shti, jigar, tuxum, sabzi, yong`oq,
anor) iste’mol qilishi muhim ahamiyatga ega. Kasallik og`ir kechganda bemor
shifoxonaga yotqizilib davolanadi. Anemiyaning kelib chiqishi sababiga ko`ra
bir necha xil turlari mavjud: Temir moddasi yetishmovchiligi bilan bog`liq
anemiya (Iron deficiency anemia). Anemiyaning bu turi eng ko`p tarqalgan
turidir. Bu anemiya organizmga temir moddasi yetishmovchiligi tufayli yuzaga
keladi. Temir moddasi esa gemoglobin yaratish uchun zarur. Bunday anemiyaga
infeksiyalar, jarrohlik amaliyoti, ko`p miqdorda va uzoq davom etadigan hayz
sikli, saraton kasalligi, poliplar va aspirin kabi dori vositalarining ko`p
qabul qilinishi sabab bo`ladi. Go`sht,
baliq, tuxum va temir moddasi bilan boyitilgan mahsulotlarni ko`proq yeyish
anemiyaning ushbu turini oldini olishga yordam beradi. Ba'zi kasalliklar (Kron
kasalligi) va dori vositalari temir moddasini organizmga singishini
qiyinlashtiradi. Vitamin yetishmovchiligi bilan bog`liq anemiya. Ushbi
anemiyani yuzaga kelishiga organizmga asosan vitamin B12 yoki folat javxarining
yetishmovchiligi sabab bo`ladi. B12 vitamini qizil qon hujayralarini ishlab
chiqarish va asab tizimini normada bo`lishi uchun kerak. Uning yetishmovchiligi
xotiraning pasayishiga, oyoqlarning og`rishiga olib kelishi mumkin. B12
vitamini hayvon go`sht mahsulotlarda mavjud. Lekin ba'zi kasalliklar (immun
kasalliklari) B12 vitaminining organizmga singishiga to`sqinlik qiladi. Anemiya
alomatlari qanday? Anemiya ma'lum davr ichida rivojlanadi. Uning boshida
alomatlar deyarli sezilmaydi, lekin kasallik rivojlangan sari quyidagi
alomatlar paydo bo`lishi mumkin: Bosh og`riq; Bo`shashish; Bosh aylanish;
Ko`ngil aynash; Titroq; Qo`l va oyoqlarning muzlashi; Tana haroratining
pastligi; Terining och rangli bo`lishi; Yurak urishining tez yoki nomuntazam
bo`lishi; Nafas olishning qisqarishi; Ko`krak og`rig`i; Ish faoliyatining
buzulishi. Yuqoridagi barcha alomatlar yurak qonni tezroq yurgazishni, natijada
tana a'zolariga yetarlicha kislorod yetkazib berilishi uchun tezroq harakat
qilishidan vujudga keladi. Anemiya holati organizmga xavf tug`dirishi
mumkinligi tufayli albatta davolanishi kerak. Lekin, anemiya turini bilmay
turib uni davolash foyda keltirmasligi mumkin. Har qanday anemiyani davolashda
ikki yo`ldan foydalaniladi: 1. Qondagi qozil moddalarning yoki gemoglobinning
darajasini normaga keltirish. Natijada tana a'zolari kislorod bilan
kerakligicha ta'minlanadi. 2. Anemiya holati sababchisi bo`lgan kasallikni
aniqlash va davolash. Anemiya davolanmasa nima bo`ladi? Anemiya davolanmasa
tana a'zolari kislorod yetishmovchiligidan qiynaladi va zaiflashadi. Anemiya
holatida yurak faoliyati tezlashgani tufayli yurakka zarba yetishi mumkin.
Anemiyaning oldini olish uchun quyidagilarni bilish kerak: Temir moddasiga boy
mahsulotlar: - Buyrak; - Dukkakli o`simliklar va sabzavotlar; - Tofu (soya
pishlog`i); - Ismaloq; - Qizil rangdagi go`shtlar; - Yashil bargli sabzavotlar;
- Baliq; - Quruq mevalardan, turshak, mayiz va olxo`ri qoqisi. Vitamin C ga boy
mahsulotlar temir moddasining organizmga singishiga yordam beradi (masalan, apelsin
sharbati, brokkoli, qulupnay, qizil qovoq qalampir (bulg`or qalampiri,
nama’takli choy singarilar). Ovqatlanayotganda choy, qaxva, sut singarilarni
ovqat bilan birga iste’mol qilmaslik kerak, chunki tannin moddasini tutganligi
sababli temir moddasining singishiga to`sqinlik qiladi. Kalsiy va temir
moddasini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak. Organizmda B12 vitamini va folat
javxari yetishmovchilik bo`lmasligi zarur. Shifokor bilan maslahatlashgan holda
temir moddasi vitaminini qabul qilish zarur. MUHIM! Temir moddasi darajasining
organizmda meyoridan ortib ketishi unga zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun
faqatgina shifokor maslahati bilan temir moddasi vitaminini qabul qilish
tavsiya etiladi.